Ozarbayjonda, Armaniston hujumlari oqibatida bugungacha tinch aholidan 47 kishi vafot etdi

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi, 27 – sentabrdan 16 – oktabrgacha Armaniston hujumlari yuzasidan qayd etilgan o‘lim va tan jarohati holatlarini ma’lum qildi.

1510254
Ozarbayjonda, Armaniston hujumlari oqibatida bugungacha tinch aholidan 47 kishi vafot etdi

Armaniston tomonidan Ozarbayjon turar – joy punktlariga qarshi to‘p va raketalar orqali uyushtirilgan hujumlarda bugungacha tinch aholidan 47 kishi vafot etdi, 222 kishi esa tan jarohati oldi.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi, 27 – sentabrdan 16 – oktabrgacha Armaniston hujumlari yuzasidan qayd etilgan o‘lim va tan jarohati holatlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra yuqorida nomi tilga olingan davrda Ozarbayjonda tinch aholidan 47 kishi vafot etib, 222 kishi tan jarohati olgan.

Armaniston hujumlarida o‘lim va tan jarohati holatlaridan tashqari 1669 ta uy, 84 ta ko‘p kvartirali uy, 301 ta davlat binosi foydalanishdan chiqqan.

Ozarbayjon qo‘shini Armaniston qo‘shinining tinch aholi turar – joy punktlarini nishonga olishi ortidan 27 – sentabr kuni unga javob tariqasida hujum qila boshlagandi.

Mavzelarini qo‘ldan boy bergan Armaniston qo‘shini, Ozarbayjonning tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi to‘p va raketalar orqali hujum uyushtirishni davom ettirdi.

Armaniston va Ozarbayjon, Rossiya poytaxti Moskvadagi uchrashuvlarda 10 – oktabr haftaning shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 dan e’tiboran Tog‘li Qorabog‘dagi jasadlar bilan asirlarning almashilishini ko‘zda tutgan holda o‘q uzishni to‘xtatish haqida qaror qabul qildi.

Lekin Armaniston qo‘shini o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvidan 24 soat o‘tmay Ozarbayjonning Ganja shahriga qarshi raketalar orqali hujum uyushtirdi va oqibatida tinch aholidan 9 kishi vafot etar ekan, 34 kishi tan jarohati oldi.

Armaniston qo‘shinining kecha Ozarbayjonning Terter shahridagi dafn marosimi uchun qabristonga borgan tinch aholiga qarshi uyushtirgan hujmida esa yana 4 kishi vafot etib, 4 kishi tan jarohati oldi.

Vazirlik tomonidan berilgan keyingi bayonotda esa, Armanistonning Qorabog‘da bosib olgan Gubadali mintaqasidan kecha ertalab Ozarbayjonning Naxchivon avtonom respublikasidagi Ordubad viloyatiga qarshi raketali hujum uyushtirilgani bildirildi.

Qayd etilishicha ushbu hujum oqbatida tinch aholi yoki ular yashagan turar – joy punktlari ziyon ko‘rmagan.

 

 



Aloqador xabarlar