Ilhom Aliyev:"Tog’li Qorabog’dagi urush Ozarbayjon uchun ozodlik urushidir"

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ria Novosti axborot agentligiga intervyu berdi. Ular ayni savollarga javob berishdi.

1510182
Ilhom Aliyev:"Tog’li Qorabog’dagi urush Ozarbayjon uchun ozodlik urushidir"

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ria Novosti axborot agentligiga intervyu berdi. Ular ayni savollarga javob berishdi.

Intervyuda Ilhom Aliyev Tog’li Qorabog’dagi urush Ozarbayjon uchun ozodlik urushi ekanligini ma’lum qildi.

“Ozarbayjon hech qachon Tog’li Qorabog’ ishg’oliga ko’z yummaydi”,-deb aytgan Ilhom Aliyev.

Prezident shuningdek, Ozarbayjonning talablarini yana bir bor tilga olar ekan, hech qachon ortga qaytmasligini ma’lum qildi.

“Bizning munosabatimiz har doim qat’iy edi, talablarimizni aniq va oshkora tilga oldik. Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi hech qachon oyoq osti qilinmaydi. Ozarbayjon qanday bo’lmasin, Tog’li Qorabog’ ishg’oliga rozi bo’lmaydi”,-deb aytgan Ilhom Aliyev.

Prezidentning ta’kidlashicha, har bir urush vahshat demakdir, biroq bu Ozarbayjon xalqi uchun ozodlikdir, Armaniston uchun esa istilo urushidir.

Ilhom Aliyev Ozarbayjon qo’shini safiga yollangan jangchilarni jalb qilish haqidagi iddaolarni qat’iyan inkor qildi.

“Harbiy jihatdan xorijlik jangchilarga ehtiyojimiz yo’q. Qurolli kuchlarimiz 100 mingdan ortiq askardan tashkil topgan. Hozirda qurolli kuchlarimiz berilgan har bir vazifani a’lo darajada a’do etish qudratiga ega”,-deb aytgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan esa, fron zonasida juda qiyin ahvolda ekanligini e’tirof etdi, og’ir yo’qotishlarga uchraganligini tan oldi.

O’zaro murosaga tayyor ekanligini tilga olgan Pashinyan Armanistonning tinch aholi punktlariga nisbatan hujumlarini ko’rmaslikka olib, “Moskvada qabul qilingan o’t ochishni to’xtatish rejimiga amal qilishga tayyormiz”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar