Armaniston qo‘shini maktabni nishonga oldi

Armaniston qo‘shini ertalab Terterga qarshi og‘ir hujum uyushtirdi va Terter – Ag‘dam chizig‘idagi bir maktabni vayron qildi.

1508993
Armaniston qo‘shini maktabni nishonga oldi

Armaniston qo‘shini Terter – Ag‘dam chizig‘ida bir maktabni nishonga oldi.

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT), Armaniston nishonga olgan maktabni tasvirga tushirdi.

Armaniston, o‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga qaramay Ozarbayjondagi tinch aholi turar – joy punktlarini nishonga olishni davom ettirmoqda.

Armaniston qo‘shini ertalab Terterga qarshi og‘ir hujum uyushtirdi va Terter – Ag‘dam chizig‘idagi bir maktabni vayron qildi.

Foydalanishdan chiqqan maktab TRT Haber telekanali tomonidan tasvirga olindi.

Bugungacha Armaniston qo‘shini tomonidan uyushtirilgan hujumlarda nishonga olingan maktablar soni Terter mintaqasida 13 taga yetdi.

Tinch aholi, jurnalistlar va davlat binolari Armaniston qo‘shini tomonidan to‘xtamay nishonga olinmoqda.

Bugungacha Armaniston qo‘shini, Ozarbayjonning Terter shahridagi tinch aholini nishonga olgan hujumlarni kuzatgan Ozarbayjonning Milliy telekanali (AZTV) guruhini ham nishonga olar ekan unda jurnalistlarni tashigan transport haydovchisi tan jarohati olgandi.  

Eslatib o‘tamiz:

Ozarbayjon Bosh prokuraturasining qayd etishicha, 27 – sentabrdan 14 – oktabrgacha Armaniston uyushtirgan hujumlar yuzasidan ozarbayjonlik 43 kishi vafot etar ekan 206 kishi tan jarohati olgan.

Ozarbayjon qo‘shini hujumlarini Armaniston qo‘shini tomonidan tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi o‘q uzilishiga javob tariqasida 27 – sentabr kuni boshlatdi. Natijada Mavzelarini qo‘ldan boy bergan Armaniston, Ozarbayjonning tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi hujumlarini davom ettirdi.

Armaniston bilan Ozarbayjon, Rossiya poytaxti Moskvadagi uchrashuvlarda 10 – oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 dan e’tiboran vaqtinchalik Tog‘li Qorabog‘dagi jasadlar bilan asirga olinganlarni almashishni ko‘zda tutgan, insoniy masalalar yuzasidan o‘q uzishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilingandi.  

Lekin Armaniston qo‘shini yuqorida qayd etilgan kelishuvdan 24 soat o‘tmay 11 – oktabr kuni Ozarbayjonning Ganja shahriga qarshi raketalar bilan hujum uyushtirdi va oqibatida 9 kishi vafot etar ekan 35 kishi tan jarohati oldi.

Shuningdek, Ozarbayjon qo‘shini Armanistonga oid uchuvchisiz havo vositasini qulatdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra tush vaqtlarida jabhaning Fuzuliy tomonida uchib yurgan Armanistonga oid uchuvchisiz havo vositasi (UHV), Ozarbayjon havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan.

Ozarbayjon qo‘shini, 12 – oktabr kuni ham Armanistonga oid 3 ta UHVni qulatgandi.



Aloqador xabarlar