Qirg‘izistonda vaqtinchalik masjlis raisi Miktibek Abdildayev, Bosh vazir esa Sadir Japarov

Qirg‘izistonda Majlis raisi Dastanbek Jumabekov va Bosh vazir Qubatbek Boronov vazifasidan iste‘fo etdi.

1504311
Qirg‘izistonda vaqtinchalik masjlis raisi Miktibek Abdildayev, Bosh vazir esa Sadir Japarov

Qirg‘izistonda saylov natijalarini qabul qilmagan muxolifat guruh davlat idoralarini bosib olishni davom etar ekan Majlis raisi Dastanbek Jumabekov va Bosh vazir Qubatbek Boronov vazifasidan iste‘fo etdi.

Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan 7 foizlik to‘siqdan o‘tolmagan partiyalarning tarafdorlari tomonidan poytaxt Bishkekdagi Do‘stluk mehmonxonasida, Jumabekovning yetakchiligida majlis a’zolari ishtirokida umumiy yig‘ilish uyushtirildi.

Unda Majlis raisi Dastanbek Jumabekov va Bosh vazir Qubatbek Boronovning iste’fo maktubi ko‘rsatildi.

Shuningdek, majlis a’zolari Majlis raisligi vazifasiga deputat Miktibek Abdildayevni, vaqtinchalik Bosh vazirlik vazifasiga esa Sadir Japarovni sayladilar.

Qirgizistonda siyosiy inqiroz
Qirg‘izistonda yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovi natijalariga e’tiroz qilgan 12 ta siyosiy partiya tarafdorlari, saylov natijasining bekor qilinishi uchun norozichilik namoyishi uyushtirdi.

Minglab kishi ishtirok etgan namoyishdagi talablar bajarilmagach muxolifat, Oq uyga qarab yo‘l oldi.

U yerda politsiyaning qopol aralashuviga duch kelgan muxolifat, 7 soat davom etgan janjal ortidan Oq uyni bosib oldi.

Muxolifat shuningdek, Prezident Sooronbay Jeenbekovning hukmronligi davrida qamoqqa olingan “siyosiy mahkumlarni” ozod etdi.

Voqeada 1 kishi vafot etar ekan, 590 kishi tan jarohati oldi.

Mamlakatda voqealar nazoratdan chiqar ekan Jeenbekovning o‘z vazifasidan iste’foga chiqib chiqmasligi hozircha noma’lum.



Aloqador xabarlar