Gretsiyalik armanlar jang qilish uchun Tog'li Qorabog'ga kelmoqda

Bu haqda Ozarbayjon prezidenti maslahatchisi Xikmat Xojiyev ma'lum qildi.

1501767
Gretsiyalik armanlar jang qilish uchun Tog'li Qorabog'ga kelmoqda

 

Arman millatiga mansub Gretsiya fuqarolari Tog'li Qorabog'ga kelib janglarda ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bu haqda Ozarbayjon prezidenti maslahatchisi Xikmat Xojiyev ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Armaniston xorij davlatlardan yollangan jangchilarni urushga jalb qilishga harakat qilmoqda.

"Ayniqsa, arman millatiga mansub Gretsiya fuqarolari Ozarbayjonning ishg'ol ostidagi tuproqlariga kelib jang qilishi haqida turli ma'lumotlar olyabmiz. Biz o'sha davlatlarni Ozarbayjonga qarshi bunday provokativ faoliyatlardan uzoq turishga chaqiramiz. Bu davlatlarning fuqarolari jangovar harakatlarda ishtirok etadigan bo'lsa, nishonga olinadi",-deb aytgan Xikmat Xojiyev.

U jurnalistlarga hitob qilib, boshqa davlatlardan keltirilgan shaxslar ishg'ol ostidagi hududlarga noqonuniy ravishda kirib kelganligini ma'lum qildi.

Bundan tashqari, Armaniston xorijlik jurnalistlarni ataylab urush bo'layotgan hududlarga olib kelganligini aytgan Xojiyev, ularning xavfsizligidan Yerevan hukumati mas'ul ekanligini eslatdi.

 



Aloqador xabarlar