Budapeshtdagi istirohat bog‘idan biriga taniqli qirg‘iz yozuvchi Aytmatovning nomi berildi

Taniqli qirg‘iz yozuvchi Ching‘iz Aytmatovning nomi Vengriya poytaxti Budapeshtdagi istirohat bog‘idan biriga berildi.

1500303
Budapeshtdagi istirohat bog‘idan biriga taniqli qirg‘iz yozuvchi Aytmatovning nomi berildi

Taniqli qirg‘iz yozuvchi Ching‘iz Aytmatovning nomi Vengriya poytaxti Budapeshtdagi istirohat bog‘idan biriga berildi.  

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda amaliy tashrif bilan Vengriyada bo‘lgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Budapesht shahar hokimi Gergey Karachon va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Jeenbekov tadbirda Aytmatovning butun dunyoga tanilgan yozuvchi, mutafakkir, davlat arbobi, diplomat ekanini va asarlarida butun insoniyatga tegishli masalalarni qo‘lga olganini qayd etdi.

Budapeshtning Yevropaning eng chiroyli shaharlaridan biri ekanini ham o‘z so‘ziga ilova etgan Jeenbekov, Qirg‘izistonning faxri, Aytmatov nomining Budapeshtda abadiylashtirilishidan xursand ekanini ifoda etdi.

Karachon esa Aytmatovning butun dunyo uchun katta mutafakkir ekaniga e’tibor qaratgan holda, gumanizm va erkinlik talab qilgan kishilarning uni albatta o‘qishi shartligini ta’kidladi.

Ching‘iz Aytmatov, Qirg‘izistonning Talas viloyatining Shakar qishlog‘ida, 1928 – yilning 12 – dekabrida dunyoga keldi.

Asarlari dunyoning 157 tiliga tarjima qilingan Aytmatov, 2008 – yilning may oyida rus telekanalining hujjatli filmini suratga olish jarayoni uchun borgan Tatariston poytaxti Qozonda betob bo‘lib qolar ekan, davolanishi uchun olib borilgan Germaniyada 2008 – yilning 10 – iyuni kuni vafot etdi.



Aloqador xabarlar