Ozarbayjonda harbiy holat e’lon qilindi

Kecha tong saharlab Ozarbayjon – Armaniston tutashuv chizig‘ida, arman kuchlari tomonidan Ozarbayjon tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi o‘q uzilishi ortidan to‘qnashuvlar boshladi.

1498333
Ozarbayjonda harbiy holat e’lon qilindi

Ozarbayjonda harbiy holat e’lon qilindi.

Prezident maslahatchisi Xikmat Hajiyev, “harbiy holat”ning 28 – sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:00 boshlashini va poytaxt Boku, Ganja, Sumqayit, Yevlah, Mingechevir, Naftalan viloyatlari bilan Absheron, Jabroil, Fuzuliy, Beyleqan, Ag‘dam, Terter, Go‘ygo‘l, Dashkesen, Gedebey, Tovuz, Shemkir, Qazah va Ag‘stafa tumanlarida amal qilinishini bildirdi.

“Harbiy holat” jarayonida mahalliy vaqt bilan soat 21:00 dan 06:00 gacha ko‘chaga chiqishlar ruxsat olish asosida bo‘ladi.

Kecha tong saharlab Ozarbayjon – Armaniston tutashuv chizig'ida, arman kuchlari tomonidan Ozarbayjon tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi o‘q uzilishi ortidan to‘qnashuvlar boshladi.

Ozarbayjon armiyasi javob tariqasida hujum qilishni boshlatish orqali ba’zi turar – joy punktlarini bosib olinishidan qutqardi.  

Shuningdek, Armaniston hukumati esa, Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat tufayli mamlakatda “harbiy holat” va “umumiy mobilizatsiya” e’lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #harbiy holat , #Armaniston

Aloqador xabarlar