Ozarbayjon Armaniston qo’shinidan 550dan ortiq askarni yo'q qildi

Ozarbayjon mudofaa vazirligi shuningdek, Armaniston armiyasining 22ta tanki, 18ta uchuvchisiz uchish qurilmasi, 15ta zenit-raketa majmuasi, 8ta artilleriya qurilmasi hamda 3ta o‘q-dori ombori yo‘q qilinganini ma'lum qildi.

1498457
Ozarbayjon Armaniston qo’shinidan 550dan ortiq askarni yo'q qildi

 

Ozarbayjon mudofaa vazirligi Armaniston qo’shinidan 550dan ortiq askar o‘ldirilgani, shuningdek, Armaniston armiyasining 22ta tanki, 18ta uchuvchisiz uchish qurilmasi, 15ta zenit-raketa majmuasi, 8ta artilleriya qurilmasi hamda 3ta o‘q-dori ombori yo‘q qilinganini ma'lum qildi.

Talish qishlog’idagi otishmalarda arman havo kuchlari qo’mondoni podpolkovnik Lernik Babayan o’ldirilgan va u boshqarayotgan harbiy bo’linma katta yo’qotishlarga uchragan.

“Dushman qo’shinidan yaradorlar soni ko’p bo’lgani sababli harbiy shifoxonalarda bo’sh joy qolmagan. Qon yetishmayabdi. Har doimgidek, Armaniston o’z qo’shinidagi yo’qotishlar haqidagi haqiqatni xalqdan yashirmoqda”,-deyiladi Ozarbayjon mudofaa vazirligi bayonotida.

Armaniston harbiylari 28 sentyabr, dushanba kuni tongida Ozarbayjondagi Tartar shahrini artilleriyadan o‘qqa tutishni boshlagan.  Ozarbayjon Armaniston qo’shinini ogohlantirgan.

“Ozarbayjon mudofaa vazirligi Armanistonni so‘nggi marta ogohlantiradi. Ozarbayjon armiyasi ham javob choralari qo’llaydi”,-deb ogohlantiradi Ozarbayjon tomoni.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi janglarda Armanistonga oid tank va zirhli texnik vositasi yo’q qilingani tasvirini namoyish qilgan.

Eslatish joizki, kecha, 27 sentyabrda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida jangovar harakatlar boshlanib ketgandi. Armaniston qurolli kuchlari frontning butun chizig‘i bo‘ylab Ozarbayjon armiyasi pozitsiyalari hamda chegaraoldi aholi punktlarini yirik kalibrli qurol, minomyot va artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutgandi.

Ma’lumotga ko’ra, Ozarbayjon armiyasi Tog‘li Qorabog‘dagi 6 qishloqni va bir qancha strategik tepaliklarni dushman ishg’olidan qutqargan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar