Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida jangovar harakatlar sodir bo'lmoqda

Armaniston qurolli kuchlari frontning butun chizig‘i bo‘ylab Ozarbayjon armiyasi pozitsiyalari hamda chegaraoldi aholi punktlarini yirik kalibrli qurol, minomyot va artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutgan. Tinch aholi orasida halok bo‘lganlar bor.

1498117
Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida jangovar harakatlar sodir bo'lmoqda

 

 

Bugun, 27 sentyabrda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida jangovar harakatlar sodir bo'ldi.

Harbiy harakat mahalliy vaqt bilan soat 06:00 atrofida sodir bo’lgan.

Ozarbayjon mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, Armaniston qurolli kuchlari frontning butun chizig‘i bo‘ylab Ozarbayjon armiyasi pozitsiyalari hamda chegaraoldi aholi punktlarini yirik kalibrli qurol, minomyot va artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutgan. Tinch aholi orasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor. 

Ozarbayjon mudofaa vazirligida ma'lum qilinishicha, qo‘shinlar “dushmanning ig‘vogar harakatlariga chek qo‘yish va tinch aholi xavfsizligini ta'minlash uchun” javob choralari ko‘rmoqda. Jumladan, Armaniston havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlarining 12 ta zenit-raketa majmuasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lingan.

Armiya butun front bo‘ylab qarshi hujum operatsiyasini boshlashga qaror qildi. Shaxsiy tarkib va tank bo‘linmalari raketa-artilleriya qo‘shinlari, front aviatsiyasi va dronlar ko‘magida dushman mudofaasining old chizig‘ida va ichkarisida Armaniston qurolli kuchlarining katta miqdordagi tirik kuchi, harbiy ob’yektlari va jangovar texnikasini aniqlab, ularni yo‘q qilmoqda”, deb ma'lum qilingan Ozarbayjon mudofaa vazirligida.

Ozarbayjon havo kuchlariga oid harbiy vertolyot Armaniston qo’shini tomonidan Terter qishlog’ida urib tushirilgan. Voqeada ekipaj tirik qolgani aytilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar