Turk shifokorlar COVID-19ga qarshi kurashda O'zbekistonga ko'mak bermoqda

Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi O`zbekistonning COVID-19ga qarshi muaffaqiyatli kurashib kelayotgan tibbiyot hodimlariga ko'mak berish maqsadida turkiyalik 16 nafar malakali shifokorni O’zbekistonga yubordi.

1488393

O’tgan oyda O’zbekistonga tashrif buyurgan tibbiyot xodimlari guruhi tarkibida 9 nafar malakali shifokor, 6 nafar yordamchi salomatlik xodimi va 1 nafar biomedikal muhandis o’rin olgan.

Ular poytaxt Toshkentda koronavirus bemorlarini davolashga mo’ljallangan 4 ming o’rinli shifoxonada, shuningdek Farg’ona, Andijon, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi shifoxonalarda faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbek bemorlar dardiga davo topishmoqda.

Bolalar shifokori, reanimatsiya, anesteziya, yurak kasalliklari, infektsiya kasalliklari, tez yordam ko’rsatish va boshqa bir qator bo’limlar bo’yicha mutahassislardan iborat turk shifokorlar videokonferensiya shaklida o’zbek shifokorlarga seminarlar bermoqda va o’z tajribalarini o’rtoqlashmoqda. Shu bilan birga, o’zbek shifokorlarning savollariga javob berishmoqda.

O’zbekistondagi faoliyatlarini 28 avgustda boshlagan turk shifokorlar bir hafta mobaynida o’zbekistonlik tibbiyot xodimlariga ko’mak beradilar.

Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar