Yevroosiyo kun tartibi 37 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TÜRKSOYning O‘zbekiston bilan bo‘lgan hamkorligi haqida so‘z qilamiz.

1487784
Yevroosiyo kun tartibi 37 - qism

2020 – yilning 4 – sentabri kuni Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TÜRKSOY bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi madaniy munosabatlarni o‘z ichiga olgan “TÜRKSOY – O‘zbekiston kitobi” deb nomlangan asar, online tarzda kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi. TÜRKSOY Bosh kotibi o‘rinbosari dotsent doktor Bilal Chakiji moderatorligida uyushtirilgan dasturda TÜRKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Turkiya Respublikasi Prezidentining Bosh maslahatchisi Yalchin To‘pchi, elchilar, deputatlar va diplomatlar ishtirok etdi. Unda o‘zbekistonlik san’atkorlarning TÜRKSOY tadbirlaridagi ishtiroki, umumiy olib qaraganda O‘zbekistonning nomi tilga olingan tashkilot bilan bo‘lgan munosabatlari qo‘lga olindi. 

TÜRKSOY tashkil topgan birinchi kundan beri madaniy tarmoqda Turk dunyosi bilan bog‘liq yuzlab tadbir o‘tkazdi, o‘zkazishni davom ham ettirmoqda. Turk dunyosining UNESCOsi hisoblangan TÜRKSOY, Turk respublikalari o‘rtasidagi madaniy munosabatlarni rivojlantirar ekan ayni vaqtda Turk madaniyatini ham butun dunyoga tanitmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi 1993 – yilning 12 – iyuli kuni Olmota shahrida TÜRKSOYning tashkil topishi haqidagi hujjatga qo‘l qo‘ygan tashkilotga a’zo davlatlardan biridir. Faqat O‘zbekistonning sobiq Prezidenti Islom Karimov davridagi ba’zi tushunmovchiliklar tufayli TÜRKSOY markazida O‘zbekistonning vakili yo‘q. 

2018 – yilning 3 – sentabri kuni bo‘lib o‘tgan VI Turk kengashi sammitida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, UNESCOning jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xiva shahrini “Turk Dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilinishini taklif qildi. Bu taklif Turk kengashiga a’zo davlatlarning davlat rahbarlari tomonidan xursandchilik bilan qabul qilinar ekan mana bu yil ya’ni 2020 – yil Xiva shahri, “Turk Dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilindi. O‘zbekiston tomonidan bunday mazmunli tashabbus ortidan, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi TÜRKSOY bilan o‘z faoliyatlarini yana – da tig‘izlashtirdi. 

Shuni ta’kidlash joizki, TÜRKSOYda O‘zbekiston vakili yo‘qligiga qaramay tashkilot o‘zbekistonlik san’atkor, rassom, arxitektor, adabiyotchi kasb egalarini o‘z tadbirlariga har doim taklif qilib keldi. TÜRKSOYda Alisher Navoiy, Abdulla Qahhor kabi o‘zbekistonlik buyuk shaxslar uchun alohida konferentsiyalar uyushtirildi. 2017 – yili uyushtiruvchilar orasida TÜRKSOY ham o‘rin olgan “Bu yilgi Turk Dunyosi adabiyotchilari mukofati”ga o‘zbek yozuvchi Shukrullo sazovor deb topildi. TÜRKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov har doim aytib o‘tganidek, tashkil topgan birinchi kundan beri O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i, tashkilot markazida shuningdek, TÜRKSOYning barcha faoliyatida o‘z o‘rnini oldi.  

Ma’lum bo‘lganidek O‘zbekiston Turk kengashiga a’zo bo‘lganidan keyin TÜRKSOY bilan faol ravishda ish boshladi. Turk dunyosi o‘zbek madaniyati, san’ati va muhim shaxslarini yaqindan bilishi kerak. Umid qilamizki,  eng qisqa vaqtda O‘zbekiston vakili TÜRKSOYdagi o‘z ishini boshlaydi.

Bundan tashqari, agar TÜRKSOYda nashr etilgan asarlar tashkilotga to‘liq va kuzatuvchi a’zo bo‘lgan 14 mamlakat tiliga tarjima qilinib, ular kitobxonlarga internet orqali ham taqdim etilgudek bo‘lsa unda Turk dunyosining yaqinlashishi jadal tus oladi va TÜRKSOY uyushtirgan faoliyatlar yana – da ko‘proq muhitga yetib boradi.



Aloqador xabarlar