Samarqandda Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasi ochiladi

“Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

1476014

Qarorga muvofiq Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi hamda Turkiya bilan koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.

Mazkur kengash, jumladan chora-tadbirlar dasturining bajarilishini tahlil qiladi hamda undagi tadbirlar va loyihalarning ijrosida amaliy yordam koʻrsatadi.

Qarorga koʻra, bir qator yoʻnalishlar boʻyicha Turkiya Hukumatining texnik koʻmagi kengaytiriladi va yetakchi turk ekspertlari jalb qilinadi.

2020 yil yakuniga qadar Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasi ochiladi.

Aloqador xabarlar