O'zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 151 nafarga yetdi

Koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 893 nafar bemordan 564 nafari og‘ir, 215 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

1466011
O'zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 151 nafarga yetdi

 

O'zbekistonda koronavirus tufayli vafot etganlar soni 151 nafarga yetdi.

Shu yilning 2-avgust kuni O'zbekiston bo'ylab koronavirusdan kasallanish bilkan bog'liq 770ta yangi holat qayd etilgan bo‘lib, shundan 99 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 671 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, so'nggi bir kunda 6 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan.

Ma'lumotga ko'ra, Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Toshkent, Surxondaryo, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona hamda Xorazm viloyatlarida jami 1208 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 25 553 nafar bemordan 16 507 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 64 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 893 nafar bemordan 564 nafari og‘ir, 215 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 72 700 nafar, statsionar karantinda esa 20 536 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar