Turkiya O'zbekistonga 12,5 tonna insonparvarlik yordami yubordi

Qurbon hayitining birinchi kuni O’zbekiston poytaxti Toshkent shahriga Turkiyadan 12,5 tonna insonparvarlik yordami yetib keldi.

1465018
Turkiya O'zbekistonga 12,5 tonna insonparvarlik yordami yubordi
Turkiye ozbekistan insani yardim.jpg
Turkiye ozbekistan insani yardim1.jpg

 

Turkiya O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi.

Qurbon hayitining birinchi kuni O’zbekiston poytaxti Toshkent shahriga Turkiyadan 12,5 tonna insonparvarlik yordami yetib keldi.

Bu haqda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida imzolangan sog‘liqni saqlashga doir bitim doirasida yuborilgan insonparvarlik yordami COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashda O‘zbekiston tibbiyot xodimlari ishlatishi ko‘zda tutilgan tibbiy himoya ashyolari hamda dori-darmonlardan iborat.

Bu safar Turkiyadan 50 ming dona N-95 niqobi, 200 ming dona jarrohlik niqobi, 40 ming dona himoyalovchi kombinezon, 5 ming dona yuzni to‘liq to‘suvchi niqob va COVID-19ni davolashda qo‘llanadigan dori vositalari jo‘natilgan.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlangan va milliy mudofaa vazirligi tomonidan yetkazib berilgan tibbiy yordamni Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi harbiy attashesi, polkovnik Mustafa Balo‘g‘lu va elchixona mas’ullari kutib olishdi.

Insonparvarlik yordami Toshkent aeroportida O’zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri o’rinbosari Shoxruh Sharahmedov va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktor o’rinbosari Bahrom Almatovga topshirildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari murakkab kunlarda o’zbek xalqini qo’llab-quvvatlagani uchun qardosh Turkiya hukumati va xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Ikki davlat bayroqlari tasviri tushirilgan qutilar ustida Mavlono Jaloliddin Rumiyning turk va o‘zbek tilida


Kelsa ma’yuslik, keyin umid kelur,
Kecha kechgay, ortidin xurshid kelur
bayti bitilgani ham ramziy ma’noga ega.

 

Hayitning ilk tongida Toshkentga yetib kelgan navbatdagi yordam ham turk xalqining o‘zbek qardoshlari bilan o‘rnatgan ko‘ngil ko‘prigining bir aksi sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, bu COVID-19 pandemiyasi boshlangandan beri Turkiyaning O‘zbekistonga ko‘rsatgan ikkinchi yordamidir. Turkiya joriy yil may oyida ham O’zbekistonga 50 dona o’pkaga sun’iy nafas oldirish jihozi yuborgandi.



Aloqador xabarlar