Turkiya va Ozarbayjon Harbiy havo kuchlari, mushtarak mashg‘ulot boshlatdi

Turk askarlari mushtarak harbiy mashg‘ulot uchun Naxchivan avtonom respublikasining Sederek chegara darvozasiga 28 - iyul kuni yetib borgandi.

1464461
Turkiya va Ozarbayjon Harbiy havo kuchlari, mushtarak mashg‘ulot boshlatdi

Turkiya va Ozarbayjon Harbiy havo va quriqlik kuchlari, Ozarbayjonda keng ko‘lamli mushtarak harbiy mashg‘ulot boshlatdi.

Harbiy – havo kuchlari bilan boshlagan mashg‘ulotta ikki mamlakatdan harbiy uchoq va vertolyotlar ishtirok etdi.  

Boku, Naxchivan, Genje, Kurdemir va Yevlahda olib boriladigan mashg‘ulot 10 – avgust kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

Quriqlik kuchlarining mashg‘uloti esa Boku va Navchivonda 1 – 5 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tatbiqotda, turli buyruqlar ijro etilib, to‘p va minomyotlardan tamsiliy dushman obyektlariga o‘q uziladi.

Vitse – prezident Fuat O‘ktay, ushbu mushtarak harbiy mashg‘ulot haqida ijtimoiy tarmoq orqali post qoldirdi va unda:

“Qardosh Ozarbayjon bilan har doim, har qanday sharoitda birgalikda harakat qilishni davom etamiz. Barcha imkonlarimiz bilan qardoshlarimizning yonidamiz” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar