O'zbekistondan xabarlar 30-qism

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiyaga tashrifi davomida 2017-yil 25-oktyabrda imzolangan Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim 2020-yil 9-iyuldan eʼtiboran kuchga kirdi.

1459166
O'zbekistondan xabarlar 30-qism



Ushbu hujjat qoidalariga muvofiq, ikki mamlakat investorlari tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan koʻproq qulaylik yaratish tartibi qoʻllaniladi.
Bitim investorlar huquqlarini himoyalash, sarmoya va texnologiyalar kirib kelishini osonlashtirish, pul oʻtkazmalari erkin bajarilishi uchun huquqiy asoslar yaratilishini belgilaydi.
1992-yil 28-aprelda imzolangan avvalgi hukumatlararo Bitimni almashtiradigan mazkur hujjat zamonaviy voqelikni inobatga olgan holda investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan.

Bitim ikki davlat iqtisodiyotiga oʻzaro investitsiyalar oqimi uchun mustahkam asos yaratadi, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlar uchun har ikki mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi.

 

 

Shavkat Mirziyoyev Milo Jukanovichni tabrikladi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chernogoriya Respublikasi Prezidenti Milo Jukanovichni milliy bayram – Davlatchilik kuni munosabati bilan tabrikladi.

 

YI bilan videouchrashuvlar boʻlib oʻtdi

Yevropa Ittifoqining “Milliy huquqiy bazani mustahkamlash va Markaziy Osiyo mamlakatlarida biologik xavfsizlik va biologik muhofaza boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish” 53-loyihasi hamda mazkur loyiha doirasida ikkita mobil laboratoriya yetkazib berish va Oʻzbekiston Respublikasining COVID-19ga qarshi kurashish jarayonidagi ehtiyojlarini muhokama qilish boʻyicha YEI vakillari bilan ikkita video uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Markaziy Osiyo uchun kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar boʻyicha ilgʻor tajriba markazlari Mintaqaviy kotibiyati, Virusologiya instituti, Yevropa Ittifoqi, Bundesver mikrobiologiya instituti (Germaniya), Xalqaro ilmiy-texnik markaz (Qozogʻiston), shuningdek, Markaziy Osiyodagi hamkor mamlakatlar milliy koordinatorlari ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida Markaziy Osiyo uchun kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar boʻyicha ilgʻor tajriba markazlarining Mintaqaviy kotibiyati Bundesver mikrobiologiya instituti tomonidan loyiha doirasida ikkita mobil laboratoriyani yaqin muddatlarda yetkazib berilishiga umid bildirdi.

Oʻz navbatida, Virusologiya instituti vakillari loyiha rahbarlariga mobil laboratoriyalar bilan ishlash uchun oʻquv mashgʻulotlarda hamda COVID-19 bilan bogʻliq laboratoriya ishlarini amalga oshirishda zarur boʻladigan asbob-uskunalarga ehtiyoj toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Shundan soʻng loyiha rahbarlari YEI Markaziy Osiyodagi hamkor mamlakatlarda koronavirusga qarshi kurashish uchun 700 000 yevro ajratganini eʼtirof etdi. Milliy koordinatorlar esa mavjud ehtiyojlar haqida soʻz yuritishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar loyihani tezkor amalga oshirish boʻyicha faol ishlarni davom ettirishga va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.

 

 

Suma Chakrabartini Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi strategik sheriklikni yoʻlga qoʻyish va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi ulkan xizmatlari, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturlarining samaradorligini taʼminlashga, sanoat va infratuzilma tarmoqlarini modernizatsiya qilish boʻyicha ustuvor investitsiyaviy loyihalarga qoʻshayotgan shaxsiy hissasi va koʻmagi, mamlakatda qulay sarmoyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish jarayonlarini faol qoʻllab-quvvatlagani uchun Suma Chakrabarti Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidenti                           

              Sh.MIRZIYOYEV

 

 

 

Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidentini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Emmanuel Makronni Fransiya milliy bayrami – Bastiliya ishgʻol etilgan kun munosabati bilan tabrikladi.

 

Fargʻonalik tadbirkorlar Bursaga boradi

Fargʻona viloyati va Turkiyaning Bursa viloyati oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ikkihududkelgusidasanoat, toʻqimachilik, qishloqxoʻjaligi, turizm, taʼlimkabiyoʻnalishlarda

istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochildi. Bunda Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdoʻgʻonning siyosiy irodasi, qatʼiyati muhim asos boʻldi. Yaʼni, ikki mamlakat rahbarlari oʻrtasidagi doʻstona aloqalar, muntazamlik kasb etayotgan uchrashuvlar, samimiy muloqotlar oʻzaro hamkorlik rivojiga katta turtki bermoqda.Ayni kunlarda hududlararo hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, manfaatli kelishuvlarga, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirishga erishilmoqda. Buni Fargʻona va Bursa viloyatlari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarda ham koʻrish mumkin.

Ikkiviloyathokimligioʻrtasidatashkiletilganvideokonferensiyadahamkorlikaloqalarinimustahkamlashistiqbollarimuhokamaqilindi.

Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarini tobora rivojlantirishda nafaqat mamlakatlar oʻrtasida, balki hududlararo doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini keng yoʻlga qoʻyish juda muhim ekanligini taʼkidladi.

Fargʻona viloyatida Turkiyalik tadbirkorlar ishtirokidagi 41 ta korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. Ular toʻqimachilik, yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish, gilamchilik va sanoatning boshqa sohalarida faoliyat koʻrsatmoqda.

Fargʻona viloyati kelgusida Bursa viloyati bilan bir qator yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

Viloyatda bir yilda oʻrtacha 82 ming gektar yer maydonlaridan 250 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtiriladi. Yetishtirilgan mahsulotlar toʻliq qayta ishlashga yoʻnaltirilib, ip-kalava mahsulotlari olinadi.Mazkur ip-kalava mahsulotlarini ikkilamchi qayta ishlash orqali tayyor trikotaj mahsulotlarini olish uchun toʻqimachilik-tekstil korxonalari tashkil etish yoʻnalishida qoʻshma investitsion loyihalarni amalga oshirish dolzarb masala hisoblanadi.Shuningdek, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, qurilish, turizm, madaniyat sohalarida hamkorlik loyihalari bajariladi.Margʻilon shahrida Bursa Uludagʻ universitetining filialini ochish boʻyicha ham amaliy saʼy-harakatlar boshlangan.

Bursa viloyati hokimi Yokub Janboʻlat oʻz soʻzida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishga tayyor ekanligini bildirdi va Shuhrat Gʻaniyev boshchiligidagi delegatsiyani sentyabr oyida Bursaga taklif qildi.

Onlayn shaklida tashkil etilgan tadbirda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, muloqotlarni muntazam oʻtkazishga kelishib olindi.

 

“Xitoy – Markaziy Osiyo” tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi toʻgʻrisida

2020-yilning 16-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov videokonferensiya shaklida boʻlib oʻtgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati maʼlum qilgan.

Tadbirda, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I, Qirgʻiziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov qatnashdi.

Videokonferensiya chogʻida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi munosabatlarni mustahkamlash hamda iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashish mexanizmlari bilan bogʻliq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 

Abdulaziz Komilov Qatar Bosh vaziri oʻrinbosari bilan muzokara oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar davlati Bosh vaziri oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad Bin Abdul Rahmon Bin Jasim Al Taniy bilan videokonferensiya shaklida muzokara oʻtkazdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Oʻzbekiston - Qatar munosabatlarining joriy holati va aloqalarni yana-da rivojlantirish istiqbollarini koʻrib chiqdilar, turli darajadagi boʻlajak uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashdilar.

Ikki tomonlama siyosiy muloqot faollashgani, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlik sezilarli ravishda kengaygani taʼkidlandi.

Tadbirda Afgʻoniston muammosini hal qilish, ushbu mamlakatda tinchlik muzokaralari jarayonini boshlash boʻyicha Oʻzbekiston va Qatar hamkorligi masalasi ham muhokama qilindi.

Suhbat chogʻida tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik boshqa masalalarni ham koʻrib chiqdilar.

 

 

Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Vengriya munosabatlari istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan 2019-yil oktabr oyida Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining majlisi doirasidagi uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Vazirlar turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdilar, ikki tomonlama uchrashuvlar kun tartibi va tashkiliy jihatlarini batafsil ishlab chiqish uchun tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi tasdiqlandi, ikki tomonlama savdo hajmlarini oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlarni rivojlantirishga, jumladan, ikki mamlakatning yetakchi oily ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga qiziqish bildirildi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi hamda “O‘zbekiston – Vengriya – Yevropa ittifoqi” doirasidagi O‘zbekiston – Vengriya hamkorligini mustahkamlash masalalari bo‘yicha ham fikr almashdilar.

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Vengriya Tashqi istisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida diplomatik tayyorlov hamda axborot va hujjatlar bilan almashinuv sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar