Aliyev, Demokratiya va milliy birlik kuni munosabati bilan Prezident Erdo‘g‘anga maktub yo‘lladi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 15-iyul Demokratiya va milliy birlik kuni munosabati bilan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga maktub yo‘lladi.

1456286

Fetullahchi terror tashkilotining (2016 – yilning 15 – iyulidagi) to‘ntarish tashabbusining turk davlatiga qarshi xoin reja ekanligini ta’kidlagan Aliyev, Erdo‘g‘anning qahramonligi va turk xalqining o‘ziga bo‘lgan muhabbati soyasida qardosh Turkiyaning bu murakkab sinovdan yana da kuchli chiqqanini belgilab o‘tdi.

Demokratiya va milliy birlik kunining turk xalqining o‘z davlati va demokratiya an’analariga qanchalik bog‘lik ekanligini yaqqol ko‘rsatganini ifoda etgan Aliyev, maktubida,

“To‘ntarish tashabbusining oldini olish uchun o‘z jonini fido qilgan shahidlarimizni rahmat ila yodga olaman. Ozarbayjon, xoin to‘ntarish tashabbusini ilk daqiqalardan e’tiboran keskin qoraladi. Ozarbayjon xalqi va davlati bu bilan qardosh Turkiyaning yonida ekanligini ko‘rsatdi. Ozarbayjon va Turkiya bir millat, ikki davlat tamoyiliga muvofiq yaxshi va yomon kunlarda har doim bir – birini qo‘llab – quvvatlaydi” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Aloqador xabarlar