Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Moskvaga jo'nab ketadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyun kuni G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Moskvada bo’lib o’tadigan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

1441333
Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Moskvaga jo'nab ketadi

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 iyun seshanba kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo’nab ketadi.

Mirziyoyev 24 iyun kuni G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Moskvada bo’lib o’tadigan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-24 iyun kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskvada bo’ladi.

Tashrifning birinchi kuni dasturiga muvofiq, oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

24 iyun kuni davlat rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

 



Aloqador xabarlar