Yevroosiyo kun tartibi 24 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Farg‘ona vodiysida yuz bergan chegara muammolari haqida so‘z qilamiz.

1434076
Yevroosiyo kun tartibi 24 - qism

May oyidan beri Farg‘ona vodiysidagi chegara muammolari takror ko‘tarila boshladi. Shu yilning 8 – mayida Qirg‘iziston – Tojikiston chegarasidagi Chek qishlog‘ida yer uchastkasi mojarosi yuzasidan, 24 – may kuni esa Voruh anklavida hayvon o‘tlatish yuzasidan avvalom bor mahalliy xalq, ortidan chegarachilar bir- biriga qarshi chiqib natijada qisqa otishma sodir bo‘ldi. Voqea chog‘ida Qirg‘iziston va Tojikistondan uch nafardan aksar tan jarohati oldi. 2 – iyun kuni ikkala mamalakat chegarasidagi Eki - Tosh atrofida kim ekanligi noma’lum kishilar kechasi bir Qirg‘iziston fuqarosining avtomobiliga o‘q uzdi. 31 – may kuni esa Qirg‘iziston – O‘zbekiston chegarasidagi Chashma qishlog‘ida chashma bulog‘i suvidan foydalanish ustiga mahalliy xalq o‘rtasida toshli mojaro kelib chiqqan.    

Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston chegaradosh bo‘lgan Farg‘ona vodiysida chegara muammolari 30 yildan beri davom etishiga qaramay oxirgi yillarda muammoning hal qilinishi borasida umidlar tug‘ila boshlagandi. Qirg‘iziston va Tojikiston liderlari o‘tgan yili chegarada uchrashuv o‘tkazib, ikkala mamlakat chegarachilarining bir – biriga o‘q uzmasligi borasida kelishib olingani ham haqiqat. Bu yilning boshlarida chegara muammolarining hal qilinishi uchun tuproq almashtirish masalasi kun tartibiga olib chiqilganligi haqida ma’lumotlar tarqay boshlagandi. Shavkat Mirziyoyevning Prezident bo‘lib saylanishidan keyin uzoq yillar yopiq bo‘lgan chegara darvozalari ochilib, O‘zbekiston ham Qirg‘iziston ham Tojikiston bilan chegaralarining aniqlanishi masalasida ancha yo‘l olgandi. Bu jihatdan chegara muammolarining takror avj olishiga yo’l ochadigan boshqa sabaplarining bor yoki yo‘qligi o‘ylantirmoqda.    

Shu yilning 26 – mayi kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) Tashqi Ishlar vazirlarining videomuloqat orqali bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov, Qirg‘iziston – Tojikiston chegara muammolarini hal qilishda Rossiyaning o‘rtamchilik qilishga tyyor ekanligini bildirdi. Lavrovning bu bayonoti, Tojikiston Tashqi Ishlar vazirligining Rossiyaga nota berib, ichki ishlarimizga aralashmang deb qattiq chiqishiga yo‘l ochdi. Ichki ishlarimizga aralashmang degan e’tirozlar o‘tgan oylarda ham Rossiyaga qarshi til masalasi yuzasidan O‘zbekiston tomonidan aytilgandi. Qirg‘izistonda ruslar foydalangan Qant harbiy bazasining kengaytirilishi haqidagi kelishuvning ba’zi moddalari “davlat ichida davlat” tashkil etilmoqda degan tushunchalarni yaratdi. Bundan kelib chiqqan holda shuni ayta olamizki bu kunlarda Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi e’tirozlar bor.  

O‘zbekistonning Qirg‘iziston orqali Xitoyga yangi yo‘l ochishi va Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqining bojxonalaridagi muammolarga Qirg‘izistonning yana da baralla ovoz bilan e’tiroz eta boshlashi Moskvani bezovta qilgan xodisadir.

Qariyb 10 million kishidan iborat aholini o‘z ichiga olgan Farg‘ona vodiysidagi chegara muammolari mintaqa barqarorligining oldida eng buyuk to’siq hisoblanadi. Mintaqa mamlakatlari bu muammoni tezlik bilan hal qilmay turib rivojlanishda jadal tus ololmaydi. Turli provokatorlar bu muammoni mintaqa tinchini buzish va o‘z amallarini yo‘lga qo‘yish uchun foydalanishi mumkin. Shu bois ham chegara muammolarining ustivor masala sifatida hal qilinishi zarur. Bir necha mavzuda bir – biriga bog‘liq bo‘lgan Markaziy Osiyo Respublikalari pandemiya jarayonidan saboq olib, hamkorlikni mustahkamlash masalalari ustida ish olib borishlari lozim.



Aloqador xabarlar