YEIning Turk dunyosiga turk tilini o‘rgatish faoliyati online tarzda davom etadi

Yunus Emre instituti Turk dunyosi o‘quvchilariga online sharoitda turk tilini o‘rgatish uchun faoliyatlarini davom ettirmoqda.

1430694

Dunyoning 60 ga yaqin davlatida faoliyat olib borayotgan YEI, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi tufayli insonlar uyda o‘tirgan oxirgi vaqtlarda Turkiya bilan aloqa qilmoqchi bo‘lganlarni qo‘llab – quvvatlamoqda.  

Ozarbayjon va Qozog‘istonda davom etgan online turk tili kurslariga Turkmaniston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston ham qo‘shilyapdi.

YEIning Boku vakolatxonasi may oyining oxirida “Turkiyani yaqindan tanishni xohlaysizmi?” degan savol bilan boshlatgan online turk tili kursiga Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan 750 o‘quvchi murojaat qildi.

Kurslar bu oyning oxirida YEI Boku vakolatxonasi yetakchiligida boshlaydi va bir yil davom etadi.

Aloqador xabarlar