O’zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3300dan oshdi

27 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3333 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda O’zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

1424062
O’zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3300dan oshdi

 

 

O’zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3300 nafardan oshdi.

27 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3333 nafarni tashkil qilmoqda.

Bu haqda O’zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 31 nafari Navoiy viloyatidan, 6 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Toshkent shahridan hamda 2 nafari Namangan viloyatidan. Ularning barchasi karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda virusga chalingan 2636 nafar bemor butunlay sog‘aygan.

Hozirda mamlakat miqyosida COVID-19 infeksiyasidan vafot etganlar soni 14 nafarga yetdi. Shifoxonalarda davolanayotganlar soni 683 nafarni tashkil qilmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.

Bundan tashqari, O’zbekiston xorij mamlakatlardagi fuqarolarini charter reyslar vositasida mamlakatga keltirishni davom ettirmoqda.

Ma’lumotga ko’ra, so‘nggi 14 kunda 17 ta charter reysda  4056 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

So‘nggi ikki haftada chegara o‘tkazish postlari orqali 11 216 kishi mamlakat hududlariga kirib kelgan.

Ular va ular bilan muloqotda bo‘lganlar bilan birgalikda hisoblanganda, jami 20 035 nafar fuqaro karantinga olingan.

Oxirgi ikki haftada O‘zbekistonda 734 kishiga Covid-19 tashxisi qo‘yildi.

Xorijdan charter reyslar bilan olib kelinganlar orasida eng ko‘p kasallanish holati 14 may kungi “Sankt-Peterburg – Toshkent” charter reysida kelgan fuqarolar orasida aniqlangan.  Ushbu reysda kelgan fuqarolarning 86 nafarida koronavirus aniqlangandi.


Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #koronavirus , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar