O‘zbekistonda yana 8 kishida Covid-19 aniqlandi

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) infektsiyasi qayd etilishi holatlari yana oshdi.

1420892
O‘zbekistonda yana 8 kishida Covid-19 aniqlandi

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) infektsiyasi qayd etilishi holatlari yana 8 nafarga oshdi. Bu haqida O‘zbekiston Sog‘likni saqlash vazirligi ma’lumot berdi.

Unda, “2020 - yil 22 - may soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3036 (+8) nafarni tashkil etmoqda” deyildi.

Ma’lumotga ko‘ra aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Navoiy viloyatida, 1 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan bo‘lib, infektsiya yuqtirgan yana 1 nafar fuqaro esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi. Kasalligi qayd etilganlarning 7 nafari aholi orasidan aniqlangan. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqatda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Shuningdek, ayni paytda mamlakatda 2492 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Hozirda O‘zbekistonda davolanish ko’rsatkichi 82 foizni tashkil etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #koronavirus , #Covid - 19

Aloqador xabarlar