O‘zbekistonda xorijdan olib kelingan fuqarolarning 20 nafarida Covid-19 aniqlandi

O‘zbekistonda yana 25 kishida Covid-19 aniqlandi. Ularning 20 nafari xorijdan olib kelingan fuqarolar.

1420455
O‘zbekistonda xorijdan olib kelingan fuqarolarning 20 nafarida Covid-19 aniqlandi

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) infektsiyasi qayd etilishi holatlari 25 nafarga oshdi. Bu haqida O‘zbekiston Sog‘likni saqlash vazirligi ma’lumot berdi.

Unda, “2020 - yil 20 - may soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2880 (+25) nafarni tashkil etmoqda” deyildi.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 5 nafari oldindan karantinada bo‘lgan fuqarolar, 20 nafari xorijdan kelgan shaxslar orasidan qayd etilgan. 20 nafar bemorning 5 nafari charter reys bilan Sank - Petersburgdan, 10 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, shuningdek, 2 nafari qozog‘istonlik xalqaro yuktashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lgan.

Shu bilan birga mamlakatda 2338 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Hozirda O‘zbekistonda 529 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir. Barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #Covid-19 , #koronavirus

Aloqador xabarlar