O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 13 kishiga yetdi

O‘zbekistonda 18-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 12 kishiga oshib, 2791 nafarga yetdi.

1419669
O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 13 kishiga yetdi

 

O‘zbekistonda 18-may kuni 38 kishida koronavirus aniqlandi, 67 kishi kasallikdan sog‘aydi.

Bu haqda O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, O‘zbekistonda 18-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 12 kishiga oshib, 2791 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda 464 nafar bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

Qayd etilgan 12 ta yangi kasallanish holatining 8 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Bir nafari Tojikistondan kelib, karantinga olingan, uchtasi esa oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog’liq ilk holat qayd etilganidan buyon 2314 nafar bemor virusdan sog’aygan. Shu kungacha O’zbekistonda koronavirus infeksiyasi oqibatida 13 nafar bemor vafot etgan.


Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #koronavirus , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar