O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 11 nafarga yetdi

Mamlakat miqyosida virusga chalinganlar soni 2620 nafarni tashkil qilmoqda.

1417013
O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 11 nafarga yetdi

 

O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 11 nafarga yetdi. Mamlakat miqyosida virusga chalinganlar soni 2620 nafarni tashkil qilmoqda.

Bu haqda O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekistonda bugun, 14-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni yana 8 kishiga oshib, 2620 nafarni tashkil etmoqda. Virusga chalingan yana 1 nafar bemor hayotdan ko’z yumdi”,-deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumotga ko’ra, hozirda shifoxonada davolanayotgan 533 nafar bemorning 11 nafari og‘ir ahvolda.

Shuningdek, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2076 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar