Qozog‘istonda keng ko’lamli siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev “Mustaqil Qozog’iston” gazetasiga bergan intervyusida zamon talablariga ko’ra, mamlakatda yangi islohotlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

1411104
Qozog‘istonda keng ko’lamli siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda

 

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatda keng ko’lamli siyosiy islohotlar amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Toqayev “Mustaqil Qozog’iston” gazetasiga bergan intervyusida zamon talablariga ko’ra, yangi islohotlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

“Mening tashabbusim bilan parlamentda bir qator qonunga yangi o’zgartirishlar kiritish muhokama qilinmoqda. Shak-shubhasiz tinchliksevar maqsadlar bilan qabul qilinadigan yangi qonunlar mamlakatda demokratiya ustunligini ta’minlashning kafolati bo’ladi”,-deb aytgan Qozog‘iston prezidenti.

Majlis va kengash deputatlari saylovlarida siyosiy partiyalar ayollar va yoshlar uchun 30 foiz kvota belgilashini ma’lum qilgan Toqayev, bu jihatdan tegishli qonunlarga ba’zi o’zgartirishlar kiritilganligini bildirdi.

Eslatish joizki, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev o’tgan hafta Senat (parlamentning yuqori palatasi) spikeri Darig‘a Nazarboyevaning vakolatlarini tugatish bo‘yicha qarorga imzo chekkan edi.

Darig‘a Nazarboyeva — Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi. U 2016 sentyabr oyidan Senat deputati, 2019 yil mart oyida palata spikeri etib saylangandi. Nazarboyeva 2019 yil sentyabr oyida Senat raisi sifatida qayta saylangan edi.

Darig‘a Nazarboyevaning o’rniga Qozog‘iston prezidenti devoni rahbarining sobiq o‘rinbosari Maulen Ashimbayev Qozog’iston Senati raisi etib saylandi. 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar