O'zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 8 kishiga yetdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1865 nafarni tashkil qilmoqda.

1405265
O'zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 8 kishiga yetdi

 

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1865 nafarga yetdi.

Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, O‘zbekistonda 26-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni yana 3 kishiga ko‘payib, 1865 nafarga yetdi.

Avvalroq, 25-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1862 taga yetgani qayd etilgandi.

Eslatish joizki, O‘zbekistonda dastlab koronavirus bilan bog’liq ilk holat 15-martda aniqlangan.

Shu vaqtgacha, mamlakat bo’ylab koronavirusga chalingan bemorlarning 8 nafari vafot etgan. Sog’ayganlar soni 707 nafarni tashkil qilmoqda.

Xorij mamlakatlarda yashovchi o’zbekistonliklarda ham koronavirusga chalinish holatlari aniqlanmoqda. Ma’lumotga ko’ra, hozirda xorijda 73 nafar o’zbekistonlikda koronavirus aniqlangan. Ulardan 4 nafari vafot etgan. Virusga chalinganlarning aksariyati Rossiyadagi mehnat muhojirlari ekanligi ma’lum bo’ldi.

 

 


 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar