Qozog’iston va Qirg’izistonda karantin choralari kuchaytirildi

Qozog’istonda 300dan ortiq kishida koronavirus aniqlangan. Qirg‘izistonda esa, koronavirusga chalinganlar soni 44 nafarni tashkil qilmoqda.

1388573
Qozog’iston va Qirg’izistonda karantin choralari kuchaytirildi

 

Qozog’iston va Qirg’izistonda koronavirus tufayli karantin choralari kuchaytirildi.

Ma’lumotga ko’ra, Qozog’istonda 300dan ortiq kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakatning Nur-Sulton va Olma-Ota shaharlarida 19 mart kunidan boshlab karantin joriy etildi.

Shuningdek, Atirau, Qarag‘anda, Temirtau, Saran, Shaxtinsk va Abay shaharlari ham karantin uchun yopildi.

Hukumat rasmiylari xalqni o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish va boshqalar bilan muloqotni cheklashga va uydan chiqmaslikka chaqirmoqda.

Qirg‘izistonda esa, koronavirusga chalinganlar soni 44 nafarni tashkil qilmoqda.

Mamlakat bo’ylab “Kovid-19” epidemiyasi sababli favqulodda vaziyat rejimi joriy qilingan. Shuningdek, bir qator shaharlarda, jumladan poytaxt Bishkekda favqulodda holat rejimi kiritilgan.

Mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov koronavirus epidemiyasi tufayli, xalqqa murojaat qilib, ushbu sinovli kunlarda insonlarni hukumat tomonidan olingan qat’iy chora tadbirlarga mutlaqo amal qilishga chaqirdi.

“Intizomga amal qilish-ushbu murakkab kunlarda har birimizning fuqarolik burchimizdir. Bu nafaqat o‘zi, balki o‘z farzandlari, hamyurtlari va butun jamiyat sog‘lig‘i, hayoti va farovonligi uchun katta mas'uliyatdir”,-deb aytgan Qirg’iziston prezidenti Jeenbekov.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Qirg'iziston , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar