O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 65 kishiga yetdi

So'ngi ma’lumotga ko’ra, ushbu infeksiya Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgan farg‘onalik bemorning turmush o‘rtog‘i, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan.

1385227
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 65 kishiga yetdi

 

O‘zbekistonda yana 5 kishida koronavirus aniqlandi.

So'ngi ma’lumotga ko’ra, ushbu infeksiya Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgan farg‘onalik bemorning turmush o‘rtog‘i, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan.

“Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshib, 65 nafarni tashkil etmoqda. Ular hozirda karantinga olingan”,-deyiladi ma’lumotda.

25 mart kuni Namangan viloyatida ham bir kishida virus aniqlangandi, bu bemor Turkiyaning Istanbul shahridan kelgandi. Ayni vaqtda O’zbekistonning Namangan shahriga kirish va chiqishlar to’xtatilgan.

Eslatish joizki, O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanishning birinchi holati 15 mart kuni qayd etilgandi, Parijdan uchib kelgan bir ayolda koronavirus aniqlangandi.

Keyinroq London, Istanbul va Dubaydan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida hamda ular bilan aloqada bo‘lganlarda ham virus aniqlangandi. So’ngi holat esa, 22 martda Shveytsariyada bo‘lib qaytgan yo’lovchida ham koronavirus infektsiyasi aniqlangandi. Eng oxiri Rossiyadan qaytgan ikki fuqaroda ham virus aniqlangandi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar