Koronavirus Qirg’izistonga ham yetib bordi

Koronavirus sababli Qirg‘iziston hududida favqulodda vaziyat rejimi joriy etildi.

1382817
Koronavirus Qirg’izistonga ham yetib bordi

 

Koronavirus Qirg’izistonga ham yetib bordi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq 12 ta holat qayd etilgan. Virus yuqtirganlarning barchasi umra ziyorati munosabati bilan Saudiya Arabistonidan va Quvaytdan qaytgan fuqarolar bo‘lgan.

Ular hozirda karantinga olingan.

Koronavirus sababli Qirg‘iziston hududida favqulodda vaziyat rejimi joriy etildi. Mamlakat bo'ylab koronavirusga qarshi chora-tadbirlar kuchaytirildi.

Qirg‘izistonda 16 martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta'lim muassasalari 3 haftaga karantinga yopilgandi. Shuningdek, Qirg‘iziston hukumati koronavirus qayd etilgan davlatlarga borgan xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ygan.

Davlat rahbari mamlakatda yetarli oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa tibbiyot buyumlari zaxirasi mavjudligini ta'kidlab, xavotirga o‘rin yo‘qligini ma'lum qilgan.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar