Yevroosiyo kun tartibi 12-qism

Dasturimizning bugungi sonida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning Bokuga bo‘lgan tashrifi haqida so‘z qilamiz.

1380907
Yevroosiyo kun tartibi 12-qism

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov shu yilning 11-marti kuni bir kunligiga Bokuga tashrif uyushtirdi. Bokuda Prezident Berdimuhammedov Prezident Ilhom Aliyev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi. Marosimning hamon ortidan prezidentlar yakkama - yakka uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvlardan keyin ikkala mamlakat o‘rtasida 17 ta shartnomaga qo‘l qo‘yildi. Eslatib o‘tamiz Ilhom Aliyevning 2018-yil 21 - 22 noyabr kunlari Turkmanistonga bo‘lgan tashrifi chog‘ida 21 ta shartnomaga qo‘l qo‘yilgandi.

So‘nggi yillarda Ozarbayjon - Turkmaniston munosabatlari faol tus ola boshladi. Ikki mamlakat transport va energetika sohasida katta yutuqlarga erishishni xohlaydi. Shu bois ham, 2017 - yili may oyida Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida (Turkmanboshi, Alat) ikki mamlakat tomonidan ulkan yangi portlar ochildi. Agar Boku bilan Ashxabod ushbu sohadagi hamkorligini rivojlantirgudek bo‘lsa unda ular Xitoy bilan Markaziy Osiyoning G‘arb yo‘li; Eron va Rossiyaga alternativ yo‘lni yaratish orqali Sharq va G‘arbni yana da qisqaroq yo‘l bilan bog‘lash imkonini qo‘lga kiritadi. Transport tarmog‘ini diversifikatsiyalashga muvofiq Afg‘onistonni, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziya orqali Turkiyaga bog‘lovchi transport tarmog‘ini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Boku va Ashxobod o‘rtasida samarali transport tarmog‘ini tashkil etish Turkiyaning ham foydasiga bo‘lganidek uchala mamlakatning ham tranzit mamlakat degan o‘rnini mustahkamlashi tabiiydir. Shuningdek, nomi tilga olingan ikkala mamalakt o‘tgan yili Buxarestda qo‘l qo‘yilgan Qora dengiz - Kaspiy dengizi xalqaro transport yo‘lagini rivojlantirish faoliyati ustida ham ish olib bormoqda.

Bokuga bo‘lgan tashrif chog‘ida ochiq oydin aytilmaganiga qaramay liderlarning yopiq eshik ortida turkman gazini G‘arbga yetkazib berilishi masalasini qo‘lga olgani aniq. Kaspiy dengizi ostida quriladigan tabiiy gaz quvur liniyasi, Turkmanistonning tabiiy gaz bozorini diversifikatsiya qilish nuqtai nazaridan muhimdir. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish va savdo hajmini oshirishga imkon beradi. Tashrif chog‘ida o‘zaro savdo uylarini ochish va ishbilarmonlar kengashini tuzish o‘zaro xususlari, o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan muhimdir.

Ikki tomonli munosabatlarning mustahkamlanishiga ijobiy hissa qo‘shadigan boshqa tarmoq esa bu gilamchilik tarmog‘idir. Bu tarmoqda ikkala mamlakat ham zor tajrigaba ega. Shu bois ham ular birgalikda harakat qilish orqali nomi tilga olingan tarmoqda yetakchi mamlakatlarga aylanishlari mumkin.

Ozarbayjonning bugungacha qo‘shni davlatlar bilan muvaffaqiyatli ravishda yo‘lga qo‘ygan uch tomonli ushrashuv o‘tkazish mexanizmini Boku Ashxobot bilan ham yo‘lga qo‘ysa bo‘ladi. Bu borada oliy darajali Turkmaniston – Ozarbayjon - Turkiya uch tomonli uchrashuvlarining qayta jonlantirilishi darkor. Shuningdek, vazirlar ishtirokidagi uch tomonli uchrashuvlar Ozarbayjon va Turkmaniston tomonidan uchunchi davlat sifatida Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston, Xitoy va Eron bilan ham yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Uch tomonli bu uchrashuvlar an’anaga aylantirilgudek bo‘lsa Ashxobot - Boku munosabatlari zamini sog‘lomlashtirilgan bo‘ladi.

Turkmaniston o‘zining betaraflik maqomini saqlab qolish bilan birgalikda mintaqadagi ayniqsa qardosh mamlakatlar bilan hamkorligini yana da rivojlantirishi darkor.

Aks holda Turkmanistonning gullab - yashnagan davlatlar ro‘yhatiga kirishi murakkabdir. Shuning uchun ham Turkmanistonning Turk Respublikalari o‘rtasidagi integratsiya jarayonida faol ishtirok etishi ayni muddao bo‘ladi.



Aloqador xabarlar