Istanbulda Turkmanistonning doimiy betarafsizligining 25-yilligi nishonlandi

Turkmanistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi tomonidan 2020-yilning “Turkmaniston – betaraf davlat” deb e’lon qilinishi munosabati bilan tadbir uyushtirildi.

1360030
Istanbulda Turkmanistonning doimiy betarafsizligining 25-yilligi nishonlandi

Turkmanistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi tomonidan 2020-yilning “Turkmaniston – betaraf davlat” deb e’lon qilinishi munosabati bilan tadbir uyushtirildi.

Turkmanistonning Istanbuldagi Bosh konsuli Muratgeldi Seyitmammedovning yetakchiligida uyushtirilgan tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1995-yilning 12-dekabri kuni qabul qilingan Turkmanistonning “Doimiy betarafligi” rezolyutsiyasining ahamiyati qayd etildi.

Turkmaniston haqida ma’lumot bergan videolavha namoyishi bilan boshlagan tadbirda so’zga chiqqan Bosh konsul Seyitmammedov, Turkmanistan uchun qabul qilingan mazkur rezolyutsiyaning BMT Bosh Assambleyasida 185 a’zoning ishtirokida, bir ovozdan qabul qilinganini yodga soldi.

Nomi tilga olingan qaror asosida Turkmanistonga mintaqa, qolaversa butun dunyo davlatlari bilan tinchlik va o’zaro manfaatga tayangan munosabatlarni rivojlantirishdek muhim vazifa yuklanganini belgilab o’tgan Seyitmammedov, “Mazkur qaror xalqaro munosabatlar tarixida betaraflik prinsipiga oid o’ziga xos noyob hujjatdir. Bu hujjat Turkmanistonning tinchliksevar siyosatining butun dunyo tomonidan qo’llab-quvvatlanishining ko’rsatkichidir” deya gapirdi.

Tadbir ortidan Turk Dunyosi madaniyat mahallasidagi milliy chodirda ishtirokchilar turkman palovi bilan siylandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar