Qozog’iston Rossiyaga tabiiy gaz quvur liniyasini o’z hududlaridan olib o’tishni taklif qildi

Qozog’iston Energetika vaziri Nog’ayev Rossiyaga “Sibirning kuchi-2” nomli tabiiy gaz quvur tarmog’ini Qozog’iston hududlaridan olib o’tib, Xitoyning g’arb-sharq quvur tarmoq liniyasiga ulash masalasini ko’rib chiqishni taklif qildi.

Qozog’iston Rossiyaga tabiiy gaz quvur liniyasini o’z hududlaridan olib o’tishni taklif qildi

 

 

Qozog’iston Respublikasi Rossiyaga “Sibirning kuchi-2” nomli tabiiy gaz quvur tarmog’ini o’z hududlaridan olib o’tilishini taklif qildi.

Qozog’iston Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, vazir Nurlan Nog’ayev Rossiyaga tashrifi chog’ida mamlakat energiya vaziri Aleksandr Novak bilan uchrashuv o’tkazgan.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Qozog’iston-Rossiya o’rtasidagi energiya sohasida o’zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

“Uchrashuvda Qozog’iston Energetika vaziri Nog’ayev “Sibirning kuchi-2” nomli tabiiy gaz quvur tarmog’ini Qozog’iston hududlaridan olib o’tib, Xitoyning g’arb-sharq quvur tarmoq liniyasiga ulash masalasini ko’rib chiqishni taklif qildi”,-deyiladi Qozog’iston Energetika vazirligi bayonotida.

Rossiya Energiya vaziri Aleksandr Novak ham neft va tabiiy gaz yetkazish bo’yicha Qozog’iston bilan o’zaro foyda keltiradigan hamkorlik salohiyatiga ega ekanligini ma’lum qilgan.

 

 



Aloqador xabarlar