Qozog‘iston va Tojikiston koronavirus tufayli Xitoydan fuqarolarini evakuatsiya qildi

“Bugun ertalab 217 nafar fuqaromiz Pekindan Nur-Sultonga yetib keldi. Fuqarolarimizda virus alomatlari aniqlanmagan”,-deb aytgan Qozog’iston sog’liqni saqlash vaziri.

1357245
Qozog‘iston va Tojikiston koronavirus tufayli Xitoydan fuqarolarini evakuatsiya qildi

 

Qozog‘iston koronavirus sababli Xitoydan 217 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi.

Bu haqda Qozog’iston sog’liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov vazirlar kengashi majlisida ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, Qozog’iston o’z fuqarolarini Xitoydan olib chiqib ketish uchun maxsus samolyot yuborgan.

“Bugun ertalab 217 nafar fuqaromiz Pekindan Nur-Sultonga yetib keldi. Fuqarolarimizda virus alomatlari aniqlanmagan”,-deb aytgan Qozog’iston sog’liqni saqlash vaziri.

Birtanovning ta’kidlashicha, ular karantin bo‘lmagan hududdan olib kelingani sababli Qozog‘istonda kamida uch kun maxsus karantinga olingan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida yangi turdagi koronavirus tarqalish o’chog’i bo’lgan Uxan shahridan 83 nafar qozog’istonlik olib kelingandi.

Shuningdek, Tojikiston ham Xitoyning Uxan shahridan o’z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun maxsus samolyot yuborgan.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, koronavirus tarqalishi o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridan 46 nafar Tojikiston fuqarosi olib chiqib ketilgan. Ular uchun maxsus yuborilgan charter samolyoti Dushanbe yaqinidagi Ayni harbiy aeroportiga qo’ndi.

Eslatib o’tamiz, 4-fevral kuni O’zbekiston ham Pekin shahri aeroportidan 250 nafar O‘zbekiston fuqarosini olib keldi va karantinga joylashtirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Xitoy , #Tojikiston , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar