Abdulla Aripov takror O‘zbekiston bosh vaziri etib saylandi

Oliy Majlis palatalari Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

1344856
Abdulla Aripov takror O‘zbekiston bosh vaziri etib saylandi

 

 

Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri etib tasdiqlandi.

Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri lavozimiga nomzodni tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan siyosiy partiya tomonidan yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlariga sazovor bo‘lgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. 

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi saylovda 53 nafar deputatlik o‘rnini egallagan edi. Partiyaning yaqinda bo‘lib o‘tgan Siyosiy kengashi majlisida Bosh vazir nomzodi ko‘rib chiqildi va Prezidentga taqdim etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini tavsiya etdi.  

Deputatlar Prezident tomonidan Bosh vazir lavozimiga tavsiya etilgan nomzodni ma'qulladilar.

Oliy Majlis palatalari Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

Qo‘shma majlisda qatnashgan 150 nafar deputatdan 148 nafari, 97 nafar senatordan 94 nafari Abdulla Aripov nomzodini ma'qullab ovoz berishdi.

Bundan avval hukumatda turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatgan Abdulla Aripov 2016 yil dekabr oyidan buyon bosh vazirlik vazifasini bajarib kelmoqda.

Eslatish joizki, Mamlakatda 2019 yil 22 dekabrda bo’lib o’tgan saylovlarda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 53 nafar deputatlik o‘rnini egallab, mamlakat tarixida to‘rtinchi bor parlamentdagi eng yirik fraksiyani tashkil etgandi. Ushbu partiya bosh vazirlikka qaytatdan Abdulla Aripov nomzodini ilgari surgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #bosh vazir , #O'zbekiston , #Abdulla Aripov

Aloqador xabarlar