Qozog’istonda faoliyat olib borayotgan turk firmalarining soni ortdi

Qozog’istonda faoliyat olib borayotgan turk firmalarining soni 1939 taga yetdi.

Qozog’istonda faoliyat olib borayotgan turk firmalarining soni ortdi

Qozog’istonda faoliyat olib borayotgan turk firmalarining soni 1939 taga yetdi.

Qozog'iston milliy iqtisodiyot vazirligining statistika instituti manbaalariga ko’ra 2019-yilning 1-dekabridan e’tiboran mamlakatda ro’yhatga olingan 3453 turk firmasining soni 1939 taga yetdi va ular faol ravishda faoliyat olib bormoqda.  

Mazkur firmalarning 1884 tasi kichik, 33 tasi o’rta va 22 tasi yirik korxonalar guruhida o’rin olgan. Turk firmalarining 467 tasi qurilish, 650 tasi ulgurji va chakana savdo, 124 tasi mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmati maydoni va 190 tasi ishlab chiqarish tarmog’ida faoliyat olib bormoqda. Roppa-rosa 508 ta turk firmasi esa mamlakatning qishloq xo'jaligi, konchilik, transport, ta'lim, sog'likni saqlash, axborot va aloqa, sug'urta, ko'chmas mulk va boshqa tarmoqlarda xizmat berib kelmoqda.

Qozog’istonning Turkiya bilan bo’lgan tijorati o’tgan yilning 10 oyida 2018-yilning huddi shu davriga nisbatan 54 foizga ortgan holda, 2 milliard 554 million 421 ming AQSh dollariga yetgandi.


Tanlangan kalimalar: Qozog’iston , turk firmalari

Aloqador xabarlar