O'zbekistondan xabarlar 2-qism

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoniga asosan "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi.

O'zbekistondan xabarlar 2-qism

 

Muftiy Usmonxon Alimov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov tavalludining 70-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoniga asosan "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi.

 

Ta’kidlash kerak, "El-yurt hurmati" ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma’naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchiligining izzat-hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari 1950-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ziyoli oilada tavallud topgan. 1982-1983-yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983-1987-yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1989-1990-yillarda esa Marokashning “Karaviyn” dorilfununida tahsil olgan.

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida 1980-1982-yillarda imom noibi vazifasida, 1987-1989-yillarda, so‘ngra yana 1990-2006-yillar mobaynida ushbu masjidning imom-xatibi sifatida faoliyat yuritgan. Shu bilan birga, 2000-2006-yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi lavozimida ishlagan.

Usmonxon Alimov hazratlari 2006-yil 8-avgustda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga tayinlanib, 14 yildan buyon shu lavozimda samarali faoliyat olib bormoqda.

 

Toshkent davlat stomatologiya instituti xalqaro ISO sertifikatiga ega bo‘ldi

 

Poytaxtimizda tashkil etilgan “Oliy tibbiy ta'lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi “XAB”ga aylantirishga doir islohotlar” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro o‘quv-uslubiy konferensiya ochilishida Toshkent davlat stomatologiya institutiga xalqaro ISO sertifikati topshirildi.

 

Oliy o'quv yurtlari orasida birinchilardan bo'lib  xalqaro  ISO sertifikatiga ega bo'lgan  Toshkent davlat stomatologiya institutida  2017-2018-o‘quv yillaridan boshlab  ayrim mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, institutda xalqaro qo‘shma ta'lim dasturlari soni bakalavr bosqichida 4 ta, magistraturada 9 ta, klinik ordinatura yo‘nalishi bo‘yicha 3 taga yetgan.

Bunday zamonaviy imkoniyatlar malakali kadrlar tayyorlash, stomatologiya sohasida jahon tibbiyotining ilg‘or tajribalarini keng joriy etish, xalqimizga ko‘rsatilayotgan stomatologik xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘lmoqda.

Shuni ta'kidlash joizki, Toshkent davlat stomatologiya instituti  Xalqaro stomatologlar federasiyasi, Yevropa kariyesologiya assosiasiyasi, Xalqaro tibbiyot talabalari uyushmalari federasiyasi, Amerika rinologlar jamiyati hamda  Yaponiya jarrrohlar uyushmasining to‘laqonli a’zosi  hisoblanadi.

 

Shavkat Mirziyoyev: Yagona yo'limiz – tadbirkorlar sonini ko'paytirish, odamlarni ishbilarmon qilish

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida  Davlat byudjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha joriy 2020 yilgi ustuvor vazifalarga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi o’tkazildi.


 

Ilg’or xorijiy tajriba hamda sinalgan amaliyot asosida O'zbekistonda milliy soliq tizimi yaratildi. Soliqlar soni va stavkalari optimallashtirildi. Qo’shilgan qiymat solig’ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi. Buning natijasida o’tgan yili tadbirkorlar ixtiyorida jami 2 trillion so’m mablag’ qoldi.

2020-yil 1-yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amaliyotga tatbiq etildi. Bu islohotlardan asosiy maqsad – joriy va kelgusi yillarda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdir.

Yig’ilishda buning uchun tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va bu orqali byudjet tushumlarini muntazam oshirib borish zarurligi ta'kidlandi.

– Yagona yo’limiz – tadbirkorlar sonini ko’paytirish, odamlarni ishbilarmon qilish! Har bir hokim byudjetga qo’shimcha daromadlarni ta'minlashi uchun o’zi izlanishi, tadbirkorga sharoit yaratib, biznes vakillari bilan yelkama-yelka ishlashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

– Bitta tadbirkor o’z faoliyatini to’xtatsa ham, bunga “favqulodda holat” sifatida qaralishi kerak, – deya ta'kidladi Prezident. – Iqtisodiy barqarorlik asosi raqobatbardosh tadbirkorlarni ko’paytirishdir.

Yig’ilishda joriy yil birinchi chorakda byudjetga soliq tushumlarini ta'minlash uchun hokimlar boshchiligida, ularning iqtisodiy masalalar bo’yicha birinchi o’rinbosarlari, moliya va soliq idoralari tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar belgilab berildi.

Avvalo, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish hamda faoliyatini to’xtatgan korxonalarni tiklashga ko’maklashish kerakligi ta'kidlandi.

Mirziyoyev har bir tuman kesimida resurs solig’i to’lovchilarni hamda ularning obyektlarini hisobga olish, ish o’rinlari va tadbirkorlar faoliyatini legallashtirish bo’yicha ham topshiriqlar berdi.

Yig’ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish uchun viloyat hokimlarining iqtisodiy masalalar bo’yicha birinchi o’rinbosarlari moliya, soliq, bojxona, bank va iqtisodiy kompleks tarkibidagi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlarga munosib sharoit yaratish va byudjet daromadlarini oshirish bo’yicha doimiy ishlashi zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, videoselektorda soha va tarmoq rahbarlari, hokimlar belgilangan prognoz rejalarni bajarish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobot berdi.

 

Osiyo chempionatining eng qimmatbaho futbolchilari: Top-10 reytingdan o‘zbekistonlik futbolchi ham joy oldi.

"Transfermarkt" portali Tailandda o‘tayotgan (U-23) Osiyo chempionatining eng qimmatbaho futbolchilari ro‘yxatini e'lon qildi. Quvonarlisi, reytingning dastlabki o‘nligidan O‘zbekiston olimpiya jamoasi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyev ham joy olgan.

Ro‘yxatda Osiyo chempionatining eng qimmat futbolchisi sifatida ikki futbolchi - Janubiy Koreya olimpiya jamoasi a'zosi Chong Vu Yon va Iordaniya olimpiya jamoasi vakili Muso Sulaymon Al-Taamariy qayd etilgan. Germaniyaning "Frayburg" klubining 20 yoshli hujumkor yarimhimoyachisi Chong Vu Yon singari, Kiprning APOEL klubi yarimhimoyachisining narxi – 2 million yevroga baholangan.

 Uchinchi pog‘onani Yaponiya olimpiya jamoasi hamda "Yokohama Marinos" klubi chap qanot vingeri Keyta Endo band etgan. 22 yoshli futbolchining transfer bahosi 1,6 million yevroni tashkil etadi.

 Top-10likning 6-pog‘onasidan 2018 yilgi Osiyo chempioni, O‘zbekiston olimpiya jamoasi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyev o‘rin olgan. "Nasaf" klubining 21 yoshli futbolchisining transfer bahosi 1,1 million yevroni tashkil etadi.

 



Aloqador xabarlar