O‘zbekistonda takroriy ovoz berish natijalari ma'lum bo'ldi

Saylovda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi – 53ta deputatlik o‘rnini qo'lga kiritib, peshqadamlikni qo'ldan boy bermadi.

O‘zbekistonda takroriy ovoz berish natijalari ma'lum bo'ldi

 

Kecha, 5 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta saylov okruglaridagi 1730ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko’ra,  ushbu takroriy ovoz berishda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 62,8 foizi ishtirok etdi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar quyidagicha deputatlik o‘rinlariga ega bo‘ldilar:

1. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi – 53ta deputatlik o‘rni;
2. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 36ta deputatlik o‘rni;
3. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 24ta o‘rin;
4. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi – 22ta o‘rin;
5. O‘zbekiston Ekologik partiyasi – 15ta o‘rinni egalladi.

Takroriy ovoz berish jarayonini 5 mingdan ortiq kuzatuvchilar kuzatib bordi. 

 



Aloqador xabarlar