O'zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga takroriy ovoz berish bo’lib o’tmoqda

Mamlakatda xalq umumiy saylovlarda natija olinmagan 25 ta okrugda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash uchun mahalliy vaqt bilan soat 08:00da ovoz bera boshladi.

1334926
O'zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga takroriy ovoz berish bo’lib o’tmoqda

 

Bugun, 5 yanvar yakshanba kuni 25 ta saylov okrugida O'zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga takroriy ovoz berish bo’lib o’tmoqda.

Mamlakatda xalq umumiy saylovlarda natija olinmagan 25 ta okrugda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash uchun mahalliy vaqt bilan soat 08:00da ovoz bera boshladi.

Saylovchilar soat 20:00ga qadar ovoz berishlari mumkin.

Saylovda quyidagi partiyalardan nomzodlar ishtirok etmoqda:

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi - 15 nafar;

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi - 11 nafar;

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi - 10 nafar;

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi - 9 nafar;

O‘zbekiston Ekologik partiyasi - 5 nafar.

Takroriy ovoz berishda 50 foiz ovoz olish shart bo‘lmaydi, kim ko‘p ovoz olsa yetarli.

Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.  

Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qilishicha, parlament saylovi o‘tkazilgan 150 ta saylov okrugidan 125 saylov okruglarida saylangan deputatlar ro‘yxatga olindi. Jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan – 42 nafar, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan – 34 nafar, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – 20 nafar, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan – 18 nafar, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan -11 nafar deputat ro‘yxatga olindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 150 nafar deputatdan iborat bo‘ladi.

 

 



Aloqador xabarlar