AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning O'zbekistonga tashrifi vaqtincha qoldirildi

Iroq poytaxti Bag'doddagi AQSh elchixonasi oldida ro'y bergan voqealar bunga sabab qilib ko'rsatilmoqda.

1334972
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning O'zbekistonga tashrifi vaqtincha qoldirildi

 

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning O'zbekistonga tashrifi vaqtincha qoldirildi.

Iroq poytaxti Bag'doddagi AQSh elchixonasi oldida ro'y bergan voqealar bunga sabab qilib ko'rsatilmoqda.

Pompeo barcha rasmiy ziyoratlarni vaqtinchalik to'xtatib, Yaqin Sharqdagi vaziyatga e'tibor qaratmoqchi.
AQSh Davlat kotibi Toshkentda o'tkazilishi kutilayotgan "Markaziy Osiyo-AQSh" yoki "C5+1" shaklidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida qatnashishi rejalashtirilgan edi.

Ushbu tadbir ham keyinga qoldirilgan.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Ukraina, Belarus, Qozog'iston, O'zbekiston va Kiprga rasmiy safar rejalashtirgandi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Mayk Pompeo , #AQSh

Aloqador xabarlar