O'zbekistondan xabarlar 52-qism

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi raisi Georgiy Tseretelini qabul qildi.

1329851
O'zbekistondan xabarlar  52-qism

 

O'zbekistonda 22-dekabr kuni Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylovlar bo'lib o'tdi.

Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylanganidan buyon birinchi marotaba o’tkazilgan saylovlarda ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da boshlanib, oqshom soat 20:00 da nihoyasiga yetdi.

Saylovchilar, mamlakat miqyosidagi 150 ta saylov okrugida tashkil qilingan 10 ming 260 ta saylov uchastkasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari vakillari uchun ovoz berdi.

Saylovlarda chet eldagi O'zbek saylovchilar bilan birga hisoblaganda 20 milliondan ko’proq saylovchidan 13 million 963 ming 627 nafar saylovchi ishtirok etdi va bu saylovchilar umumiy sonining 67,8 foizini tashkil etdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug'bek Abdusalomov, Toshkentda bo'lib o'tgan brifingda, parlament saylovi o'tkazilgan 150 ta saylov okrugidan 128 tasida deputatlar saylanganligini ma'lum qildi.

Abdusalomov, Qonunchilik Palatasiga saylovlarda O'zbekiston Liberal demokratik partiyasidan – 43 nafar, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan – 35 nafar, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan – 21 nafar, Xalq demokratik partiyasidan – 18 nafar, Ekologik partiyadan – 11 nafar deputat saylanganligini ta'kidladi.

Abdusalomov, jumladan shunday dedi:

Qonunchilik palatasiga saylov o'tkazuvchi 22 okrugda nomzodlarning birortasi 50 foizdan ortiq ovoz ololmaganligi sababli mazkur okruglardan deputat saylanmagan. Bu okruglarda ikki haftadan keyin ikkinchi bosqich uchun takroriy ovoz berish o'tkaziladi.

Saylovlarni dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan kelgan kuzatuvchilar bilan bir qatorda Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Butunjahon Saylov tashkilotlari assotsiatsiyasi, Shanxay Hamkorlik tashkiloti, Islom Hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi va Turk kengashi kabi xalqaro tashkilotlardan 825 nafar xalqaro kuzatuvchi kuzatdi.

Saylovlarni 2 mingga yaqin mahalliy va chet ellik jurnalist yoritib bordi.

 

O'zbekiston Milliy terma jamoa hujumchisi Eldor Shomurodov 2019 yilning eng yaxshi futbolchisi, O'zbekiston Milliy terma jamoa murabbiyi Vadim Abramov esa eng yaxshi murabbiy deb tan olindi.

O'zbekiston Futbol Assosiatsiyasi va Professional Futbol Ligasi tomonindan yilning en yaxshilari e'lon qilindi.

O`zbekiston futbol assotsiatsiyasining yillik hisobot kongressi va yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Bu yilgi eng yaxshilarni aniqlash marosimida, Terma jamoa va Rossiyaning "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov O`zbekistonning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Futbolchilar, murabbiylar va jurnalistlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomada Eldor Shomurodov terma jamoa sardori va yarim himoyachisi Odil Ahmedov va Jaloliddin Masharipovdan o`zib ketdi.

"Bunyodkor" va O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Vadim Abramov yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Marosimda terma jamoa sardori Odil Ahmedovga "Fidoyilik ramzi" maxsus unvoni berildi.

Yilning eng yaxshi yosh o`yinchisi Toshkentning "Bunyodkor" jamoasidan Jasur Jaloliddinov bo`ldi.

"Bunyodkor"dan Umida Zoirova yilning eng yaxshi ayol futbolchisi bo`ldi.

"Paxtakor" ustozi Shota Arveladze O'zbekiston Super ligasining eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.   

   

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi raisi Georgiy Tseretelini qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev, O'zbekistonning 2018 yilda ushbu assambleyadagi ishtirokini qayta tiklaganidan buyon o`zaro munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga ko`tarilgani va ijobiy sur`at bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Georgiy Tsereteli Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul hamda birlashma bilan hamkorlik faollashgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi raisi Georgiy Tsereteli, O`zbekistonning assambleyadagi ishtiroki Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar qonun chiqaruvchi organlari bilan aloqalarni mustahkamlash doirasida mamlakatning manfaatlarini ilgari surishda yangi imkoniyatlar ochganini ta`kidladi.

Tsereteli, bo`lib o`tgan saylovlar O`zbekiston uchun tarixiy ahamiyatga ega, chunki ular keng miqyosli islohotlar davrida, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining tavsiyalarini ham hisobga olib ishlab chiqilgan yangi Saylov kodeksi asosida o’tganligiga urg'u berdi.

Uchrashuv so`ngida Tsereteli, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O`zbekistondagi saylovlarni kuzatish bo`yicha uzoq va qisqa muddatli missiyalarining faoliyatiga qulay sharoitlar yaratilgani uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

         

 



Aloqador xabarlar