O'zbekistonda parlament saylovi natijalari e'lon qilindi

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov 23 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilishicha, parlament saylovi o‘tkazilgan 150 ta saylov okrugidan 128 tasidan deputatlar saylangan.

1328165
O'zbekistonda parlament saylovi natijalari e'lon qilindi

 

Kecha, 22 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan saylovlarning dastlabki natijalari e'lon qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov 23 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilishicha, parlament saylovi o‘tkazilgan 150 ta saylov okrugidan 128 tasidan deputatlar saylangan.

Unga ko’ra, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan – 43 nafar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan – 35 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – 21 nafar, Xalq demokratik partiyasidan – 18 nafar, Ekologik partiyadan – 11 nafar deputat saylangan.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov ma’lum qilishicha, xorijdagi saylovchilar hisobga olinganda umumiy davomat 67,8 foizni (13 963 627 nafar saylovchi) tashkil etgan.

150 ming saylovchi muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalangan. 40ga yaqin mamlakatda tashkil etilgan 55ta saylov uchastkasida 112 ming 411 saylovchi ovoz bergan.

Abdusalomovning ta’kidlashicha,  mamlakat miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 150 saylov okrugining 128 tasida birinchi bosqichdayoq deputatlar saylangan.

Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 22 okruglarda nomzodlarning birortasi ham yetarli miqdorda ovoz ololmaganligi sababli mazkur okruglardan deputat saylanmagan.

Bu okruglarda ikki haftadan keyin ikkinchi bosqich uchun takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Saylov kodeksiga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovozini, ya'ni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod deputat etib saylangan, deb hisoblanadi. 

Saylov bilan bog’liq qonunbuzarlik holatlari va saylov qonunining oyoq osti qilinishiga doir ba’zi holatlar kuzatilganligini bildirgan Abdusalomov, bular saylov natijalariga ta’sir ko’rsatöaydigan darajada ahamiyatsiz ekanligini ma’lum qildi.

“Yangi O’zbekiston, yangi saylovlar” shiori bilan o’tkazilgan saylovlarda mamlakatdagi 5 ta siyosiy partiyadan 750 nomzod Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan saylovlarda 150 o’rin uchun kuch sinashdi.

Saylovlarda eng ko’p ovoz olgan partiya bosh vazirlikka nomzod ko’rsatadi va uni prezidentga havola etish huquqini qo’lga kiritadi.

 

 



Aloqador xabarlar