Qirg'iz yozuvchi Chingiz Aytmatov tavalludiga 91 yil to'ldi

Shu munosabat bilan Ankara shahri Kechio’ren tumanida joylashgan "Chingiz Aytmatov" bog'ida atoqli yozuvchining haykali ochildi.

1322468
Qirg'iz yozuvchi Chingiz Aytmatov tavalludiga 91 yil to'ldi
aytmatov heykel.jpg

 

Turk dunyosining mushtarak qadriyati qirg'iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning tug'ilishining kuni 91 yilligi munosabati bilan uning oilasi, hamkasblari va  muxlislari tomonidan Qirg'izistonning  poytaxti Bishkek shahrida uning qabri boshida yodga olindi.

Aytmatovning  Ata Beyit qabristonida  bo’lgan qabriga gulchambarlar qo'yilib, Qur'oni karim tilovat qilindi.

Chingiz Aytmatovning rafiqasi Mariya Aytmatova

"91 yil oldin buyuk inson tug'ildi. U o'z asarlari bilan o'z xalqini va mamlakatini dunyoga tanitdi. Bizning insonlarimiz, uning qobiliyati va asaridan ilhom olishga davom etishi kerak, uning nasihatlarini bajo keltirishi  lozim. durust bo’lib o’z vataniga xizmat qilishi kerak deya qayd etdi.

Boshqa tomondan, taniqli yozuvchining haykali poytaxt Anqaraning "ochildi.

Ochilish,  Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'anning bosh maslahatchisi Yalchin  To’pchi,  Kechio’ren  tuman hokimi Ug’ur Bulut, kechio’ren shahar hokimi Turgut Altino’k, Qirg'iziston elchisi Kubanichbek O’muraliev,  Qirg’izistonning Turkiya faxri Konsuli  Dr. Mustafa Kurt mehmonlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Talas viloyatining shakar qishlog’ida 1928- yili 12- dekabrda dunyoga kelgan Aytmatov, 2008- yili may oyda bir Rus kanalining hujjatli kino filmini tasvirga olish  uchun borgan Tataristonning poytaxti Qozonda kasal bo’ldi va  muolaja uchun  olib borilgan Germaniyada 10- iyun kuni dunyodan ko’z yumdi.

 


Tanlangan kalimalar: #91 Tug'ilish , #Chingiz Aytmatov

Aloqador xabarlar