ShKTR, muzokaralarda turli alternativlarning ham qo’lga olinishini xohlaydi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Ersin Tatar, ShKTRning Londondagi ofisida matbuot anjumani uyushtirdi.

ShKTR, muzokaralarda turli alternativlarning ham qo’lga olinishini xohlaydi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Ersin Tatar, Kipr muzokaralarida federal davlat tuzish bilan bog’liq taklifdan tashqari boshqa alternativlarning ham qo’lga olinishi kerakligini qayd etdi.

Ersin Tatar, ShKTRning Londondagi ofisida matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Mustafa Akinjining Germaniya poytaxti Berlinda Kipr masalasi ustidan norasmiy uchrashuvlar olib borganligini eslatib o’tgan Bosh vazir Tatar,

“Lekin biz hukumat sifatida, biron bir jiddiy qadam tashlandi degan fikrda emasmiz. Chunki haligacha grek tomonining muammoni eski Guterres fikri asosida yechish va Kiprda turk xalqiga nohaqlik qilishni davom ettirish niyatida ekanligini ko’rib turibmiz” deya gapirdi.

Ersin Tatar, qo’lga olinishi mumkin bo’lgan alternativlar ro’yhatida Yevropa ittifoqi himoyasi ostida ikki boshqa davlat, konfederatsiya kabi yo’llarning ham bo’lishi kerakligini ta’kidlagan holda, Turkiyaning ham bu borada qo’llab-quvvatlaganligini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar