O'zbekistondan xabarlar 48-qism

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 noyabr kuni Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.

O'zbekistondan xabarlar 48-qism

 

Afg`onistonlik bir guruh yoshlar ta`lim olish uchun O`zbekistonga keldi.

Oliy ma`lumot va malakali mutaxassis bo`lish istagidagi 147 nafar afg`onistonlik yoshlar O`zbekistonga tashrif buyurdi.

Bu xaqda O'zbekiston Oliy Ta'lim Vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Afg`on delegatsiyasi "Hayraton" chegara postida tantanali kutib olindi.

Ularning 119 nafari O`zbek tili va adabiyoti, 18 nafari Akusherlik va hamshira ishi hamda 10 nafari yer usti transport tizimlari va ekspluatatsiya, lokomotiv va vagonlar ishi ta`lim yo`nalishlarida o`qishadi, deyiladi Oliy Ta'lim Vazirligi matbuot xizmati xabarda.

Talabalarga mashg`ulotlar olib borish uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent temir yo`l muhandislari instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasidan professor - o'qituvchilar jalb etildi.

Afg`onistonlik talabalarni kutib olish marosimida O`zbekistonning Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Sarvar Buzrukxonov, Afg`oniston İslom Respublikasining Termiz shahridagi konsuli Sangin Sakandariy, Afg`oniston İslom Respublikasi Oliy ta`lim vazirining o`rinbosari Hoshimiy, Surxandaryo viloyati hokimligi rahbarlari va boshqalar ishtirok etdi.

Ma’lumki, O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Afg`on fuqarolarini o`qitishga mo`ljallangan ta`lim markazida avval xam 100 dan ziyod afg`onistonlik yoshlar tahsil olishgan edi.

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 noyabr kuni Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi sub`ektlari orasida O`zbekiston hududlari uchun etakchi hamkorlardan biri bo`lgan Tatariston bilan aloqalarning bugungi bosqichidagi dolzarb masalalar va amaliy sheriklikni rivojlantirish istiqbollari ko`rib chiqildi.

O`zaro ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O`zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, tovar ayirboshlashni ko`paytirish, kooperatsiyani kuchaytirish hamda qishloq xo`jaligi, elektrotexnika va farmatsevtika tarmoqlari, axborot texnologiyalari, uy-joy kommunal xo`jalik, sog`liqni saqlash va ta`lim sohalarida amaliy loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv so`ngida 2020 yilga mo`ljallangan "yo`l xaritasi"ni qabul qilish va sheriklikni kengaytirish bo`yicha ikki tomonlama ishchi guruhining muntazam uchrashuvlarini o`tkazishga kelishib olindi.

Tashrif doirasida Toshkentda "O`zbekiston – Tatariston" biznes forumi bo`lib o`tdi. Unda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov qatnashdi.

 

O`zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Ilhom Ne`matov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosining Saylovni kuzatish missiyasi rahbari Kaetana de Zulueta Outram bilan uchrashdi.

Bu haqda O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda saylovlarga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish davomida O`zbekiston tomonining Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi to`laqonli missiyasi bilan o`zaro munosabatlarining amaliy masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar xalqaro ekspertizadan o`tgan va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkiloti tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan O`zbekistonning yangi saylov kodeksi ahamiyatini qayd etishdi.

Uchrashuvda Kaetana de Zulueta Outram saylovni kuzatish uchun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi 300 ga yaqin kishini jo`natishni rejalashtirayotganini ma`lum qildi. Kaetana de Zulueta Outram, ushbu kuzatuvchilarning mamlakatning barcha mintaqalariga tashrif buyurishini ta'kidladi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, jahonning 50 ta mamlakati va xalqaro tashkilotlardan 700 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar O`zbekistonga kelishi kutilmoqda.

 

O`zbekistonda Parlament saylovlari 2019 yilning 22 dekabrida bo`lib o`tadi.

Parlamentdagi 150 ta o`ringa mamlakatda faoliyat yurituvchi beshta partiyalar tomonidan ilgari surilgan 750 nomzod da'vogarlik qilmoqda.

Turk Standartlari Instituti o'zbek mutaxassislari uchun halol standartlari bo'yicha xalqaro o'quv seminarini tashkil etdi.

O'zbekiston standartlari instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda Turk Standartlari Institutining mas'ul turkiyalik mutaxassislari O'zbekistonning turli viloyatlaridagi rasmiy va xususiy tashkilotlarning kalibrlash laboratoriyalarida ishlaydigan 35 mutaxassisga xalqaro halol standartlari, halol oziq-ovqat va oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha 5 kunlik treninglar o'tkazdi.

Seminardan so'ng, O'zbekiston standartlari instituti bosh direktori G'ayrat G'oziyev, Turk Standartlari Institutining O'zbekistondagi vakolatxonasi raxbari Xuseyn Selchuk Selimog’lu, O'zbekiston standartlari instituti vakili Muhammadjon Boltayev va turkiyalik murabbiy Muzaffer O'zen seminar qatnashchilariga sertifikatlarni topshirdi.

G'oziyev, sertifikat topshirish marosimida, Turk Standartlar Instituti bilan hamkorlikka katta ahamiyat berishlarini ta’kidlab, Turkiya bilan xamkorlikda turli sohalarda ko'plab o'quv seminarlari tashkil etganliklarini bildirdi.

G'oziyev, Turkiya halol standartlari bo’yicha katta tajribaga ega ekanini ta'kidlab, shu sabab halol standartlari ta’limi uchun Turkiyalik mutaxassislarni afzal ko’rishlarini qayd etdi.

G'oziyev, halol standartlari O'zbekiston uchun yangi tajriba ekanligini aytar ekan, halol standartlarni o'qitishning mamlakatda halol standartlarini tadbiq qilishga katta yordam berishini va ushbu sohada o'zbekistonlik mutaxassislarning tajribasini oshirishini ta'kidladi.

Turk mutaxassis Muzaffer O'zen, o'zbekistonlik mutaxassislarga halol standartlari, halol oziq-ovqat va oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha treninglar o'tkazilishidan mamnunligini bildirdi va ularning maqsadi halol standartlarni O'zbekistonda keng tarqalishiga hissa qo'shish ekanligini ta'kidladi.

Sertifikatlash marosimidan so'ng ishtirokchilar jamoaviy suratga tushishdi.

         

 


Tanlangan kalimalar: Yangiliklar , Talaba , Afg'oniston , O'zbekiston

Aloqador xabarlar