Abdullah Eren, O’zbekistondan yana ko’proq talaba Turkiyada tahsil qilishi kerak dedi.

Xorijdagi  turklar va bog'liq Hamjamiyatlar (YTB)   Raisi Abdullah  Eren, O’zbekistondan yana ko’proq talaba Turkiyada tahsil qilishi kerak dedi.

1305430
Abdullah Eren, O’zbekistondan yana ko’proq talaba Turkiyada tahsil qilishi kerak dedi.

Xorijdagi  turklar va bog'liq Hamjamiyatlar (YTB)   Raisi Abdullah  Eren, O’zbekistondan yana ko’proq talaba Turkiyada tahsil qilishi kerak dedi.  

Eren va uning delegatsiyasi  Toshkentdagi tashriflari doirasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim vaziri Inam Majidov  tomonidan qabul qilindi.

Qabulda, O’zbek vazirga Turkiya stipendiya dasturi haqida ma’lumot bergan Eren, O’zbekiston  bilan ta’lim sohasidagi aloqalarni yana ham  rivojlantirmoqchi ekanlari qayd etib, Turkiyada 170 o’lkadan 170 ming xalqaro  talaba oliy o’quv yurtlarida  tahsil olmoqdalar, jumladan 16 ming nafari  Turkiya Stipendiyalaridan foydalangan talabalar tashkil etmoqda dedi.

Turkiya stipendiya dasturi uchun joriy yil 170 o’lkadan 150 ming talaba murojaat  qilganini eslatgan Eren, kelgusi yillarda Oliy ta’lim vazirligi bilan o’tkaziladigan qo’shma faoliyatlar natijasida O’zbekistondan murojaatlar  va Stipendiya olgan talaba sonini oshirish asosiy  maqsadlari ekanini ta’kidladi.

Eren, Turkiyada 150 nafari stipendiyali  bo’lib 1000dan ortiq  o’zbek talaba ta’lim olganini eslatib,

“Do’st va birodar O’zbekistondan yana ko’qproq talaba Turkiyada ta’lim olishini istaymiz” dedi u.

Majidov ham Turkiya stipendiya dasturi dunyoning eng keng ko’lamli stipendiyalari qatorida  o’rin olganiga  e’tibor qaratib, O’zbek yoshlarining Turkiyada ta’lim olishlarini istaganini ta’kidladi.

Uchrashuvda O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi oliy ta'lim sohasidagi hamkorlikning yuritish bo'yicha kelishib oldilar.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Stipendiya , #Talba , #O'zbekiston , #Abdullah Eren

Aloqador xabarlar