Istanbuldan O’zbekistonning tarixiy Buxoro shahriga charter reyslar boshlandi

Istanbul-Buxoro birinchi charter reysi Buxoro xalqaro aeroportida Buxoro hokimi Karim Kamolov va viloyat hokimligining qator mutasaddi tashkilotlari vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Istanbuldan O’zbekistonning tarixiy Buxoro shahriga charter reyslar boshlandi

 

Istanbuldan O’zbekistonning tarixiy Buxoro shahriga charter reyslar boshlandi.

O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirishga doir 5781-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalar bilan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. 

Ta’kidlash joizki, 31 oktyabr kuni erta tongda Turkiyaning “Atlasglobal Airlines” aviakompaniyasiga qarashli “Airbus-321” samolyoti Istanbul-Buxoro yo‘nalishidagi ilk charter reysni amalga oshirdi. 

Shu munosabat bilan ilk charter reysini kutib olish maqsadida tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.

Turkiyaning “Atlasglobal Airlines” aviakompaniyasi tomonidan  O‘zbekistonning “Grand Atlas Discovery” kompaniyasi  ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan Istanbul-Buxoro birinchi charter reysi Buxoro xalqaro aeroportida Buxoro hokimi Karim Kamolov, Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Botir Shahriyorov, Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti rahbari Furqat Xoʻjayev va viloyat hokimligining qator mutasaddi tashkilotlari vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. 

Charter reysning ilk yo‘lovchilari turkiyalik jurnalistlar, bloger, turistik firmalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek, qator din arboblari va olimlarini o‘zida jamlagan. 

Bu yo’lovchilar orasida Turkiya prezidentining bosh maslahatchisi Isrofil Kishla, Din ishlari boshqarmasi maslahatchisi Haydar Bekiro’g’li, “Atlasglobal Airlines” aviakompaniyasi rahbari Orxan Sanjar va Turkiyada faoliyat ko’rsatayotgan ziyorat turizmi agentliklari vakillari ham bor.

Ma’lumotga ko’ra, Istanbuldan Buxoroga amalga oshirilgan charter reyslari qaytishda Samarqand-Istanbul yo’nalishida amalga oshiriladi.

Soha mutahassislarining ta’kidlashicha, charter reyslari ikki davlat o’rtasidagi o’zaro turizmni rivojlantirishga katta hissa qo’shadi.

O’zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchi Hulusi Gulseren ma’lum qilishicha, charter reyslar turizm mavsumida haftada ikki marta amalga oshiriladi. Agar talab katta bo’lgan taqdirda, O’zbekistonning boshqa tarixiy shaharlari, jumladan Xivaga ham charter reyslari tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan 2019 yilning 1 oktyabridan “Qarshi”, “Nukus” va “Termiz” xalqaro aeroportlarida “beshinchi havo erkinligi” darajasini qoʻllagan holda “Ochiq osmon” rejimi joriy qilingan edi.

Istanbul-Buxoro charter reyslari natijasida“Ochiq osmon” rejimi kuchga kirgan bo’ldi.

Navbatdagi charter reys 4 noyabr dushanba kuni Istanbul-Samarqand yo‘nalishida amalga oshirildi.

 

 



Aloqador xabarlar