Ozarbayjon-Armaniston chegarasida ozarbayjonlik askar halok bo'ldi

“Ramin Abdulrahmanov ismli askar kecha yanglishlik bilan taqiqlangan hududga o’tganligi va arman askarlar tomonidan otib tashlanganligi aniqlandi”,-deyiladi bayonotda.

1274488
Ozarbayjon-Armaniston chegarasida ozarbayjonlik askar halok bo'ldi

 

Ozarbayjon-Armaniston chegarasida sodir bo’lgan otishmada Ozarbayjon qo’shinidan bir askar halok bo’ldi.

Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Ramin Abdulrahmanov ismli askar kecha yanglishlik bilan taqiqlangan hududga o’tganligi va arman askarlar tomonidan otib tashlanganligi aniqlandi”,-deyiladi bayonotda.

Ma’lumotga ko’ra, halok bo’lgan askarning janozasini olish uchun Ozarbayjon mudofaa vazirligi rasmiylari Xalqaro qizil hoch qo’mitasiga murojaat qilgan.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi Armaniston matbuotida keng tarqalgan iddaolarni qat’iyan rad etdi.

Armaniston matbuotida “Ozarbayjon qo’shini chegarada provokatsiyaga yo’l qo’ymoqda” shaklida turli xabarlar tarqalgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #otishma , #chegara , #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar