Qirg’izistonda 1-Xalqaro an’anaviy xalq o’yinlari festivali bo'lib o'tdi
Qirg’iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov rahnamoligida 16 sentyabr kuni boshlangan 1-Xalqaro an’anaviy xalq o’yinlari festivali kelgusi yil Qirg’iziston janubidagi O’sh shahrida o’tkaziladi.



Qirg’iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov rahnamoligida 16 sentyabr kuni boshlangan 1-Xalqaro an’anaviy xalq o’yinlari festivali ko’rkamli marosim bilan o’z nihoyasiga yetdi.
Ushbu tadbir Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA tomonidan qo’llab-quvvatlandi.
Tadbirga 1000 yil avval yashab o’tganligi aytilgan qirg’iz qahramoni Manas hayotdan ko’z yumgan va taniqli qirg’iz yozuvchi Chingiz Aytmatov tug’ilib o’sgan Talas shahri mezbonlik qildi.
Shu munosabat bilan Talas shahridagi Manas madaniyat markazi atrofiga qirg’iz chodirlari o’rnatildi va gipodrom qurildi.
Tadbir doirasida Talas va unga qo’shni shaharlar 5 kun mobaynida o’z madaniyati, urf-odati va hunarmanchiligini namoyish qildilar.
1-Xalqaro an’anaviy xalq o’yinlari tantanali marosimlar bilan yakunlandi.
Ma’lumotga ko’ra, an’anaviy xalq o’yinlari kelgusi yil Qirg’iziston janubidagi O’sh shahrida o’tkaziladi.