O’zbekistonda soliq va bojxona to'lovlaridan ozod qilingan erkin iqtisodiy zona tashkil etilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatning Qashqadaryo shahridagi “Chiroqchi erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to’g’risida”gi farmonni imzoladi.

1271746
O’zbekistonda soliq va bojxona to'lovlaridan ozod qilingan erkin iqtisodiy zona tashkil etilmoqda

O’zbekistonda soliq va bojxona to'lovlaridan ozod qilingan erkin iqtisodiy zona tashkil etilmoqda.

O’zbekiston Respublikasining Adliya vazirligining Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatning Qashqadaryo shahridagi “Chiroqchi erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to’g’risida”gi farmonni imzoladi.

Mazkur qarornoma orqali erkin zonada yuqori qo’shilgan qiymatga ega, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlaydigan va tashqi bozorlar talabiga javob bera oladigan xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish masalasi ko’zda tutilmoqda.

“Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasining faoliyat ko’rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin.

Roppa-rosa 3 million dollargacha investitsiya kiritmoqchi bo’lgan shirkatlar 3 yil, 5 million dollargacha investitsiya kiritmoqchi bo’lgan shirkatlar 5 yil va 10 million dollardan ortiq investitsiya kiritmoqchi bo’lgan shirkatlar esa 10 yil barcha soliq va bojxona to'lovlaridan ozod etiladi.

Erkin zonada tashkil etiladigan korxonalar import qilinadigan xom ashyo, materiallar va ehtiyot qismlar uchun bojxona to'lovlarini to'lamaydi.

 



Aloqador xabarlar